https://oz.sputniknews.uz/20210313/andizhonda-gazdan-portlash-sodir-bldi---zhabrlanganlar-bor-17734739.html
Andijonda gazdan portlash sodir bo‘ldi - jabrlanganlar bor
Andijonda gazdan portlash sodir bo‘ldi - jabrlanganlar bor
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahrida gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida xabar berdi.
2021-03-13T15:17+0500
2021-03-13T15:17+0500
2021-03-13T15:17+0500
jamiyat
yong‘in
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/07/16149835_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_5f0db4c95df3ed77ecee8ba5005cae30.jpg
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahrida gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida xabar berdi.Bosh prokuratura tomonidan aniqlanishicha, kecha, 12-mart kuni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan. Oqibatda, ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qo‘shni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash to‘lqinidan yiqilib, ko‘krak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.
https://oz.sputniknews.uz/20210307/oraalpoistonda-besh-kishi-is-gazidan-zaarlanib-ldi-16145590.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/07/16149835_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_1f1fffb4c2e7ccb125e8d0e53c34d9c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yong‘in
Andijonda gazdan portlash sodir bo‘ldi - jabrlanganlar bor
Andijon shahridagi ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birida gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan
TOShKENT, 13 mar - Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon shahrida gaz va havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lganligi haqida xabar berdi.
Bosh prokuratura tomonidan aniqlanishicha, kecha, 12-mart kuni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylarning biridagi xonadonda gaz va havo aralashmasi chaqnashi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Oqibatda, ayol va voyaga yetmagan qiz tana kuyishi hamda qo‘shni xonadonda yashovchi voyaga yetmagan bola chaqnash to‘lqinidan yiqilib, ko‘krak qismidan tan-jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Jabrlanganlarning olgan tan-jarohatlari og‘irlik darajasini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mutaxassislar tomonidan chaqnash sabablari, shuningdek keltirilgan zararlarni aniqlash choralari ko‘rilmoqda.
Holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olindi.