https://oz.sputniknews.uz/20210312/japarov-qirizistonda-ozbek-qirgiz-17702573.html
Dori-darmon: Japarov Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasini ochishni taklif qildi
Dori-darmon: Japarov Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasini ochishni taklif qildi
Sputnik O‘zbekiston
Japarov O‘zbekiston hukumatiga dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ochishni taklif qildi. 12.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-12T14:11+0500
2021-03-12T14:11+0500
2021-03-12T19:27+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
abdulla aripov
sadir japarov
sadir japarovning o‘zbekistonga tashrifi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0c/17701346_0:110:2835:1705_1920x0_80_0_0_cc0a4e246f6ac57144984109ec815402.jpg
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda dorilar, shaxsiy himoya vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan qirg‘iz-o‘zbek korxonasini ochishni taklif qildi.O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Sadir Japarov respublika bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi.Japarov O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatining rivojlanishi to‘g‘risida ijobiy fikr bildirib, Qirg‘izistonda qo‘shma korxona tashkil etishni taklif qildi. U ikki mamlakat hukumatlari tomonidan erishilgan kelishuvlar bo‘yicha ishlarni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, muzokaralar uchun barcha platformalardan muntazam foydalanishni taklif qildi.Prezident birinchi navbatda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qirg‘iz-o‘zbek hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishini tashkil etish zarur, deb hisoblaydi. Shuningdek, u iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish uchun yangi platformaga aylanadigan va transchegaraviy savdoni rivojlantirishda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun imkoniyat yaratadigan qirg‘iz-o‘zbek ishbilarmonlar kengashini yaratish to‘g‘risida ijobiy gapirdi.Japarov barcha loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan qo‘shma qishloq xo‘jaligi korxonalarini yaratish muhimligini ta’kidladi. Aripov Qirg‘iziston hukumati bilan yaqin hamkorlikda ikki davlat rahbarlarining barcha kelishuvlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210312/zbekiston-va-iriziston-rtasida-22ta-uzhzhat-imzolandi-17691449.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0c/17701346_58:0:2778:2040_1920x0_80_0_0_f7d696540b13d5bc764ac294e6bc8868.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, abdulla aripov, sadir japarov, sadir japarovning o‘zbekistonga tashrifi
siyosat, o‘zbekiston, qirg‘iziston, abdulla aripov, sadir japarov, sadir japarovning o‘zbekistonga tashrifi
Dori-darmon: Japarov Qirg‘izistonda o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma korxonasini ochishni taklif qildi
14:11 12.03.2021 (yangilandi: 19:27 12.03.2021) Japarov O‘zbekiston hukumatiga dori-darmon ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ochishni taklif qildi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatda dorilar, shaxsiy himoya vositalari va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan qirg‘iz-o‘zbek korxonasini ochishni taklif qildi.
O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Sadir Japarov respublika bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Japarov O‘zbekistonda farmatsevtika sanoatining rivojlanishi to‘g‘risida ijobiy fikr bildirib, Qirg‘izistonda qo‘shma korxona tashkil etishni taklif qildi. U ikki mamlakat hukumatlari tomonidan erishilgan kelishuvlar bo‘yicha ishlarni kuchaytirish muhimligini ta’kidlab, muzokaralar uchun barcha platformalardan muntazam foydalanishni taklif qildi.
Prezident birinchi navbatda ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha qirg‘iz-o‘zbek hukumatlararo komissiyasining yig‘ilishini tashkil etish zarur, deb hisoblaydi. Shuningdek, u iqtisodiy sheriklikni chuqurlashtirish uchun yangi platformaga aylanadigan va transchegaraviy savdoni rivojlantirishda tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish uchun imkoniyat yaratadigan qirg‘iz-o‘zbek ishbilarmonlar kengashini yaratish to‘g‘risida ijobiy gapirdi.
Japarov barcha loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan qo‘shma qishloq xo‘jaligi korxonalarini yaratish muhimligini ta’kidladi. Aripov Qirg‘iziston hukumati bilan yaqin hamkorlikda ikki davlat rahbarlarining barcha kelishuvlarini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.