https://oz.sputniknews.uz/20210312/zbekiston-va-iriziston-rtasida-22ta-uzhzhat-imzolandi-17691449.html
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 22ta hujjat imzolandi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 22ta hujjat imzolandi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi davomida 22ta hujjam imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston
2021-03-12T08:48+0500
2021-03-12T08:48+0500
2021-03-12T19:29+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
sadir japarov
sadir japarovning o‘zbekistonga tashrifi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17690467_32:90:1246:773_1920x0_80_0_0_fe958229db3cd8583846ee908f6a200c.jpg
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi davomida 22ta hujjam imzolandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati."O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari va hududlari rahbarlari imzolangan hujjatlar bilan almashdilar. Umuman, tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi", - deyiladi xabarda.Qariyb 50 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, Qirg‘izistonda gidroenergetika obyektlarini qurish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidan.Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.Shuningdek, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi hamda bojxona ishi, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘simliklar karantini, ta’lim, fan va madaniyat sohalari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolangan.
https://oz.sputniknews.uz/20210311/mirziyoyev-va-japarovning-tor-doiradagi-muzokaralari-boshlandi-17685048.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17690467_157:104:1042:767_1920x0_80_0_0_d99bfaf8d72bc59b118e65815c1ddf25.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, sadir japarov, sadir japarovning o‘zbekistonga tashrifi
siyosat, shavkat mirziyoyev, sadir japarov, sadir japarovning o‘zbekistonga tashrifi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 22ta hujjat imzolandi
08:48 12.03.2021 (yangilandi: 19:29 12.03.2021) Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi davomida 22ta hujjam imzolandi, deb
xabar bermoqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.
"O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Qo‘shma bayonot qabul qildilar. Shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari va hududlari rahbarlari imzolangan hujjatlar bilan almashdilar. Umuman, tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi", - deyiladi xabarda.
Qariyb 50 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, O‘zbekiston-Qirg‘iziston Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, Qirg‘izistonda gidroenergetika obyektlarini qurish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidan.
Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tasdiqlangan.
Shuningdek, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi hamda bojxona ishi, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘simliklar karantini, ta’lim, fan va madaniyat sohalari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolangan.