Bu yilgi eng katta asteroid Yerga yaqinlashmoqda

© NASAAsteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto
Asteroid v kosmose na fone zemli. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
Kelasi hafta 2001 FO32 asteroidi Yerga maksimal masofaga yaqinlashadi.
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. NASA rasmiy saytida joylashtirilgan xabarga ko‘ra, 21-mart kuni Moskva vaqti bilan soat 19:03da 2001 FO32 asteroidi Yerga maksimal masofaga yaqinlashadi. U taxminan ikki million kilometr uzoqlikda uchib o‘tadi va 2021-yilda sayyoraga yaqinlashgan eng katta asteroid bo‘ladi.
2001 yil mart oyida kashf etilgan, Apollon guruhiga kiruvchi 2001 FO32 asteroidning diametri 914 metrni tashkil qiladi. Yerga yaqinlashganda u yuqori tezlikda harakatlanadi - soatiga taxminan 124 ming kilometr. Bu boshqa asteroidlarning ko‘pchiligiga qaraganda tezroq.
Fotografiya asteroida. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2020
Yaqin kunlarda ko‘p qavatli uy kattaligidagi asteroid Yerga yaqinlashadi
Asteroid "potensial xavfli" deb tasniflanganiga qaramay, uning Yer bilan to‘qnashuvi xavfi yo‘q. Unga eng yaqin masofa Yerdan Oygacha bo‘lgan masofaning taxminan 5,25 baravariga teng bo‘ladi.
Olimlarning taxminlariga ko‘ra, 2001 FO32 bu yilda sayyoraga yaqin uchadigan eng katta asteroid bo‘ladi. So‘nggi katta asteroid 1998 OR2 2020-yil 29-aprelda Yerga yaqin uchib o‘tgan. 2001 FO32 1998-yil OR2 dan biroz kichikroq, ammo u Yerga uch baravar yaqinroq bo‘ladi.
Yer yaqinidan o‘chib o‘tish vaqtida astronomlar asteroid o‘lchamlari haqida aniqroq ma’lumotga ega bo‘lishga umid qilmoqda. Shuningdek, Gavayi Mauna Kea vulqonining yuqori qismida joylashgan IRTF NASA infraqizil teleskopi yordamida aniqlashga harakat qilishadi.
Yangiliklar lentasi
0