TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ehtimoliy xavfli 2011 ES4 asteroidi 1-sentabr kuni Yerga yaqinlashadi. Bu haqda NASA xabar qilmoqda.
Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, astreoidning Yerga yaqinlashishi Moskva vaqti bilan soat 19:12 daqiqada kutilmoqda. Osmon jismining kattaligi 22 metrdan 49 metrga yetadi.
U sayyoraga 120 ming kilometr atrofidagi masofada yaqinlashadi. Bu Yerdan Oygacha bo‘lgan masofadan 3,2 marta qisqariroq. Yerdan Oygacha bo‘lgan masofa 384,4 ming kilometrni tashkil etadi. Asteroidning tezligi soniyasiga 8,16 kilometrni tashkil etadi.
2011 ES4 asteroidi 2011-yil 2-martda kashf etilgan. U “Apollon” guruhiga mansub.