Ekspert Japarovning O‘zbekistonga tashrifi haqida: bu hozircha shunchaki kuzatuv

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Mediabankka o‘tishZaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin
Zaveduyushiy otdelom Sredney Azii i Kazaxstana Instituta stran SNG Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
Obuna bo‘lish
MDHning Markaziy Osiyo instituti bo‘limi rahbari Andrey Grozin Sadir Japarovning O‘zbekistonga tashrifi qanday ma’no kasb etishi haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi
TOShKENT, 12 mar - Sputnik. MDHning Markaziy Osiyo instituti bo‘limi rahbari Andrey Grozin Qirg‘izistonning yangi saylangan prezidenti Sadir Japarovning chet davlatlarga amalga oshirayotgan tashriflari zamirida qanday maqsad yotganiga sharh berdi.
Ekspert, Japarovning Rossiyaga, Qozog‘istonga va O‘zbekistonga tashriflarini ma’lum ma’noda "kuzatuv" marosimiga qiyoslamoqda.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.03.2021
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 22ta hujjat imzolandi
"Ammo qayd etish joizki, (Japarovning) Rossiyaga, Qozog‘istonga va O‘zbekistonga tashriflari juda ham muvaffaqiyatli kechdi. Shuni aytish mumkinki, Qirg‘izistonda yuz bergan Hukumatning brutal almashinuvi va buni natijasida yuzaga kelgan xavflarga qaramay, endilikda Rossiya Federatsiyasi xuddi Qozog‘iston va O‘zbekiston singari Qirg‘iziston bilan sheriklik munosabatlarini yangi va salmoqli asosda kengaytirishda davom etadi", - dedi ekspert.
Toshkent uchun Qirg‘iziston bilan aloqalarni mustahkamlashning mohiyati haqida to‘xtalar ekan, Grozin, O‘zbekiston hukumati Qirg‘izistonning yangi rahbariyati bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yib olishi kerakligini qayd etdi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2020
Mirziyoyev Sadir Japarov bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Nima haqda gaplashishdi?
"Nega deganda, o‘tgan yilning oktabr-noyabr oylarida Qirg‘izistonda yuz bergan Hukumat almashinuvi Qirg‘izistonning barcha sheriklarini kutilmagan "ramkalarga" solib qo‘ydi. Shu bois, mamlakatning yangi prezidenti bilan tanishuv, muloqot, "soatlarni solishtirish" tabiiy zarurat edi.
Boshqa tomondan, O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun Qirg‘iziston bilan hamkorlikdan manfaatli tomonlar ham ko‘p.
Prezident Kirgizstana Sadir Japarov poluchil v podarok ot rossiyskogo lidera Vladimira Putina sablyu.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.02.2021
Putin Qirg‘iziston prezidentiga ajoyib shamshir sovg‘a qildi – foto
"Qirg‘iziston - anchagina ahamiyatli va shu bilan birga qiziqarli bozor. Xuddi Tojikiston va Turkmaniston bozorlari singari. O‘zbekiston Qirg‘izistonga o‘z oziq-ovqat, qishloq-xo‘jaligi mahsulotlarini, elektrotexnikalarini, "ekonom klass"dagi maishiy texnikalarini unga o‘tkazishi mumkin. Qirg‘iziston ham o‘z navbatida, O‘zbekiston bozori va investitsiyaviy salohiyatidan foydalanishdan manfaatdor", - deya tushuntiradi ekspert.
Grozin Markaziy Osiyo davlatlari orasida koronavirus pandemiyasi vaqtida aynan O‘zbekiston Qirg‘izistonga salmoqli moddiy yordam ko‘rsatganligini alohida e’tirof etdi.
.
Yangiliklar lentasi
0