https://oz.sputniknews.uz/20210311/volodin-rossiya-izchillik-bilan-dollarga-tobelikdan-chekinishini-malum-ildi-17678786.html
Volodin Rossiya izchillik bilan dollarga tobelikdan chekinishini ma’lum qildi
Volodin Rossiya izchillik bilan dollarga tobelikdan chekinishini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Rossiya sekin-asta dollarga tobelikni yengmoqda, dedi jurnalistlarga Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin.
2021-03-11T15:33+0500
2021-03-11T15:33+0500
2021-03-11T15:33+0500
siyosat
aqsh dollari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15548645_0:160:3075:1889_1920x0_80_0_0_85cf45d72ef4102fdbebd3e6c969db98.jpg
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Rossiya sekin-asta dollarga tobelikni yengmoqda, dedi jurnalistlarga Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin."Masalan, YeOII doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblarimiz 74%gacha oshdi. Xitoy va Turkiya bilan milliy valyutalarda savdo-sotiqni rejali asosda oshirib bormoqdamiz", - deb hikoya qildi u.Quyi palata spikeri fevral oyi oxirida Rossiya milliy farovonlik jamg‘armasi valyuta tuzilmasini o‘zgartirib, uni tarkibiga yapon yenasi va xitoy yuanini ham qo‘shganini eslatib o‘tdi.Shu bilan birga, Volodinning ta’kidlashicha, AQSh dollar iva yevro ulushi 45%dan 35%ga pasaygan, funt sterlinglar ulushi esa o‘n foiz darajasida qolgan.Ilgariroq Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko RIA Novostiga bergan intervyusida amerika dollari Rossiyada muomalada qolajagini, ammo iqtisodning undan tobeligini pasaytirish kerakligi haqida gapirgan edi.Federatsiya kengashi spikeri oltin-valyuta rezervlari hozirda dollarga kamroq tobeligini eslatib, shu bilan birga boshqa sezilarli natijalar borligini qo‘shimcha qilgandi: so‘nggi o‘n yilda Moskvaning Qo‘shma Shtatlarning davlat majburiyatlariga kiritilgan mablag‘lari 30 barobarga qisqargan.TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov Blumberg agentligiga bergan intervyusida Rossiya "ushbu doimiy dushmanona harakatlar zaharli manbaga tobelik"ka chek qo‘yib, har qanday turdagi operatsiyada dollar rolini qisqartirishi lozimligini ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20200526/AShlik-milliarderlar-dollarlarni-shoshilinch-oltinga-almashtirmoda-14214083.html
https://oz.sputniknews.uz/20210201/Zhonga-tegdi-Evropa-Ittifoi-dollardan-voz-kechmoda-15912281.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/0c/07/15548645_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_4638b549b6125530418d160712cea35b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, aqsh dollari
Volodin Rossiya izchillik bilan dollarga tobelikdan chekinishini ma’lum qildi
Fevral oyi oxirida Rossiya milliy farovonlik jamg‘armasi valyuta tuzilmasini o‘zgartirib, uning tarkibiga yapon yenasi va xitoy yuanini ham qo‘shgan
TOShKENT, 11 mar – Sputnik. Rossiya sekin-asta dollarga tobelikni yengmoqda,
dedi jurnalistlarga Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin.
"Masalan, YeOII doirasida milliy valyutalardagi hisob-kitoblarimiz 74%gacha oshdi. Xitoy va Turkiya bilan milliy valyutalarda savdo-sotiqni rejali asosda oshirib bormoqdamiz", - deb hikoya qildi u.
Quyi palata spikeri fevral oyi oxirida Rossiya milliy farovonlik jamg‘armasi valyuta tuzilmasini o‘zgartirib, uni tarkibiga yapon yenasi va xitoy yuanini ham qo‘shganini eslatib o‘tdi.
Shu bilan birga, Volodinning ta’kidlashicha, AQSh dollar iva yevro ulushi 45%dan 35%ga pasaygan, funt sterlinglar ulushi esa o‘n foiz darajasida qolgan.
Ilgariroq Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenko RIA Novostiga bergan intervyusida amerika dollari Rossiyada muomalada qolajagini, ammo iqtisodning undan tobeligini pasaytirish kerakligi haqida gapirgan edi.
Federatsiya kengashi spikeri oltin-valyuta rezervlari hozirda dollarga kamroq tobeligini eslatib, shu bilan birga boshqa sezilarli natijalar borligini qo‘shimcha qilgandi: so‘nggi o‘n yilda Moskvaning Qo‘shma Shtatlarning davlat majburiyatlariga kiritilgan mablag‘lari 30 barobarga qisqargan.
TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Rabkov Blumberg agentligiga bergan intervyusida Rossiya "ushbu doimiy dushmanona harakatlar zaharli manbaga tobelik"ka chek qo‘yib, har qanday turdagi operatsiyada dollar rolini qisqartirishi lozimligini ta’kidlagan edi.