https://oz.sputniknews.uz/20210311/hind-ozbek-harbiy-17688053.html
Hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokida taktik mashqlar boshlandi
Hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokida taktik mashqlar boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokidagi “Do‘stlik – II” o‘quvlari boshlandi. 11.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-11T19:48+0500
2021-03-11T19:48+0500
2021-03-11T19:48+0500
jamiyat
o‘zbekiston
harbiy
hindiston
harbiy hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17687787_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_3f19c941b34444196236f8b57f1859bb.jpg
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 8-mart kuni hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Do‘stlik–II” o‘quvlarida ishtirok etish uchun Hindistonning Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasi hududida joylashgan “Chaubatiya” o‘quv markaziga yetib kelishdi. 10-mart kuni ushbu o‘quv markazining madaniyat saroyida hamkorlikdagi o‘quvning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirni Hindiston Respublikasi piyoda qo‘shinlari korpusi qo‘mondoni general S.K Sharma kirish so‘zi bilan ochib berdi. General Sharma o‘z so‘zida 2019-yil O‘zbekistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘tkazilgan “Do‘stlik–2019” taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilganini, shuningdek terrorizmga qarshi kurashish va jangovar o‘quv operatsiyalarda ishtirok etish orqali ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash mazkur o‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan so‘zga chiqqan polkovnik Azizbek Kamilov O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi haqida so‘z yuritib, hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlar kelajakda harbiy hamkorlik masalalarini yangi bosqichga olib chiqishini bildirdi.O‘quvning dastlabki ko‘rgazmali mashg‘ulotini Hindiston armiyasi kapitani Shishir Shukla o‘z mamlakati haqidagi ma’lumot bilan boshlab bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitseri polkovnik Dilmurod Yuldashev respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar haqidagi chiqishi bilan davom ettirdi. Mashg‘ulot yakunida ikki davlat harbiy xizmatchilari esdalik uchun suratga tushdilar.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/0b/17687787_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_4e5e9623d9e31662e6e83b7b831c7b61.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, harbiy, hindiston, harbiy hamkorlik
jamiyat, o‘zbekiston, harbiy, hindiston, harbiy hamkorlik
Hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokida taktik mashqlar boshlandi
Hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokidagi “Do‘stlik – II” o‘quvlari boshlandi.
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. O‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 8-mart kuni hind-o‘zbek harbiy bo‘linmalari ishtirokida o‘tkaziladigan “Do‘stlik–II” o‘quvlarida ishtirok etish uchun Hindistonning Utaranchal shtati, Ranikxet provinsiyasi hududida joylashgan “Chaubatiya” o‘quv markaziga yetib kelishdi.
10 mart kuni ushbu o‘quv markazining madaniyat saroyida hamkorlikdagi o‘quvning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali tadbirni Hindiston Respublikasi piyoda qo‘shinlari korpusi qo‘mondoni general S.K Sharma kirish so‘zi bilan ochib berdi. General Sharma o‘z so‘zida 2019-yil O‘zbekistonda o‘zbek-hind hamkorligida o‘tkazilgan “Do‘stlik–2019” taktik o‘quv mashg‘ulotlari mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilganini, shuningdek terrorizmga qarshi kurashish va jangovar o‘quv operatsiyalarda ishtirok etish orqali ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash mazkur o‘quv mashg‘ulotining asosiy maqsadi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan so‘zga chiqqan polkovnik Azizbek Kamilov O‘zbekiston va Hindiston davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar tarixi haqida so‘z yuritib, hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur o‘quvlar kelajakda harbiy hamkorlik masalalarini yangi bosqichga olib chiqishini bildirdi.
O‘quvning dastlabki ko‘rgazmali mashg‘ulotini Hindiston armiyasi kapitani Shishir Shukla o‘z mamlakati haqidagi ma’lumot bilan boshlab bergan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitseri polkovnik Dilmurod Yuldashev respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan natijalar haqidagi chiqishi bilan davom ettirdi. Mashg‘ulot yakunida ikki davlat harbiy xizmatchilari esdalik uchun suratga tushdilar.