https://oz.sputniknews.uz/20210310/shavkat-mirziyoyev-va-angela-merkel-onlayn-uchrashuv-otkazadi-17659667.html
Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel onlayn uchrashuv o‘tkazadi
Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel onlayn uchrashuv o‘tkazadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘n ikkinchi mart kuni O‘zbekiston va Germaniya yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi. 10.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-10T17:24+0500
2021-03-10T17:24+0500
2021-03-10T17:29+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
germaniya
angela merkel
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1060/11/10601155_0:0:3403:1915_1920x0_80_0_0_a544222331f21a04d470e1ba6e87907b.jpg
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel 12-mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi. Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishlari ko‘zda tutilgan.Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.Ta’kidlanishicha, Germaniya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sheriklaridan biridir.O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash 829 million dollarni tashkil etgan, mamlakatimizda Germaniyaning 700 million dollardan ziyod investitsiyalari o‘zlashtirilgan. O‘zbekistonda 200 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Germaniyada bo‘lgan edi, o‘sha yilning may oyida esa Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer javob tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi.
https://oz.sputniknews.uz/20210310/germaniya-investorlari-ozbekistonda-1-mlrd-dollarlik-loyihalarni-amalga-oshirmoqchi-17484080.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1060/11/10601155_203:0:2934:2048_1920x0_80_0_0_fc8d59fb6c8f39583181b5818381a05c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, germaniya, angela merkel
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, germaniya, angela merkel
Shavkat Mirziyoyev va Angela Merkel onlayn uchrashuv o‘tkazadi
17:24 10.03.2021 (yangilandi: 17:29 10.03.2021) O‘n ikkinchi mart kuni O‘zbekiston va Germaniya yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkel 12-mart kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o‘tkazadi.
Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishlari ko‘zda tutilgan.
“Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikka doir qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi”, - deyiladi O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati
xabarida.Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Ta’kidlanishicha, Germaniya O‘zbekistonning muhim iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik sheriklaridan biridir.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro tovar ayirboshlash 829 million dollarni tashkil etgan, mamlakatimizda Germaniyaning 700 million dollardan ziyod investitsiyalari o‘zlashtirilgan. O‘zbekistonda 200 ga yaqin qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2019-yil yanvar oyida rasmiy tashrif bilan Germaniyada
bo‘lgan edi, o‘sha yilning may oyida esa Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer javob tashrifi bilan
O‘zbekistonga keldi.