Germaniya investorlari O‘zbekistonda 1 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqchi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston - Germaniya davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda hamkorlikning barqaror mexanizmini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Joriy yilda Germaniya investorlari bilan birgalikda umumiy qiymati 1 mlrd dollarga teng bo‘lgan 24 ta yirik loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Bu haqda videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Germaniya davra suhbati chog‘ida ma’lum qilindi. Davra suhbati Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi ko‘magida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan.
Loyihalar avtomobilsozlik, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmog‘ida, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda amalga oshiriladi.
Tadbirda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari, jumladan, “MAN Truck&BUS”, “Deutsche Lufthansa”, “Siemens”, “John Deere”, “Roland Berger”, “Knauf” va boshqa yirik sanoat ishlab chiqaruvchilari, tijorat banklari va biznes tashkilotlarining 100 dan ortiq rahbarlari hamda vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston tomonidan tadbirda O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, vazirliklar, idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari hamda respublikaning bir qator viloyatlari mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ishtirok etdi.
Posetiteli na smotrovoy ploshadke Reyxstaga - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.02.2021
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida migratsiya bo‘yicha hamkorlik kelishuvi imzolandi
Muloqot davomida O‘zbekiston – Germaniya investitsiyaviy hamkorligining joriy holati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, kimyo va farmatsevtika sanoati kabi iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlarida o‘zaro manfaatli sheriklikni chuqurlashtirishning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Germaniya biznesining O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan qiziqishining ortib borishi respublika iqtisodiyotiga 2020-yilda Germaniya investitsiyalarining 2019-yilga nisbatan 25% o‘sishida aks etganligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan yoki O‘zbekiston bozoriga qiziqish bildirayotgan Germaniya tadbirkorlari bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi muvofiqlashtiruvi ostida mas’ul vazirliklar va idoralarni jalb qilgan holda har bir investor va tadbirkor bilan manzilli ishlashni nazarda tutadigan hamkorlikning barqaror mexanizmini ishlab chiqish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Yangiliklar lentasi
0