Jamiyat

Allergiyadan butkul xalos mumkinmi – mutaxassis javobi

CC0 / /
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova allergiyani tashxislash usullari va undan butkul qutulish mumkinmi degan savollarga javob berdi.
TOSHKENT, 10 mar — Sputnik. Allergiyani tashxislash usullari qanday? Kasallikdan butkul qutulish mumkinmi? Respublika ilmiy-ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori Ilmira Razikova SSV matbuot xizmatining savollariga javob berdi.
— Allergiyani tashxislash usullari qanday?
— Allergiyani aniqlashning bir necha yoʻli bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo boʻlishi, allergiya belgilari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa aʼzolarida allergiya bormi, deb soʻraladi.
Suhbat davomida bemorda allergiya bor yoʻqligini bilish mumkin. Bundan tashqari, uni aniqlash uchun qator testlar mavjud. Quyida baʼzi misollar keltirilgan:
qon tahlili — immunitet tizimi tomonidan chiqarilgan IgE antitanalari darajasini oʻlchaydi;
terini tilish — bu ham turli antibiotiklarni qabul qilishdan oldin test sifatida tanilgan. Teri shpritsning uchi bilan tirnaladi va bu joyga biroz kamroq allergen qoʻllaniladi;
Agar teri reaktsiyasi (qichishish, qizarish va shish) boʻlsa, bu allergiya mavjudligini bildirishi mumkin.
Kasallikni davolash toʻgʻri tashxis qoʻyishdan boshlanadi. Koʻpchilik, allergiyani butunlay yoʻqotishning imkoni yoʻq deb hisoblaydi. Aslida esa, shifokor tavsiyalariga toʻliq amal qilgan va parhezni kanda qilmagan kishilar darddan xolos boʻlishi mumkin.
— Kasallikdan butkul qutulish mumkinmi?
— Allergik kasalliklarni davolashda xastalikning boshlangan vaqtiga eʼtibor berishimiz kerak. Bu juda muhim boʻlib, kasallik qanchalik tez rivojlanib borsa, organizm uchun shunchalik xavfli hisoblanadi.
Surunkali kasallik boʻlgani uchun allergiyani butunlay organizmdan yoʻqotib yuborish anchagina mushkul. Kasallikning oldini olish uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerak.
Bular quyidagilardan iborat: mavsumiy chang allergiyasi vaqtida boshqa joyga vaqtincha koʻchib oʻtish, agarda har qanday gulga allergiyangiz boʻlsa, uy ichi va tashqarisidagi gullar, it va mushuk junlariga allergiyangiz boʻlsa, ulardan voz kechish lozim.
Deti v meditsinskix maskax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.05.2018
Jamiyat
Oʻzbekistonda bolalarda allergik kasalliklarni aniqlash uchun umumdavlat aktsiyasi oʻtkaziladi
Hozirda allergiyani toʻliq dori-darmon bilan davolab yuborishning imkoni mavjud emas. Shu davrgacha ishlab chiqarilgan birinchi, ikkinchi va uchinchi sinfga mansub boʻlgan antigistamin dorilar kasallikning xuruji davrida faqatgina allergiyaning belgilarini vaqtincha, xuddi “tez yordam”dek, toʻxtatadi, ammo allergiyani butkul davolamaydi.
Allergiyani davolashda amaliyotda keng qoʻllaniladigan davolash usuli – immunoterapiya hisoblanadi. Allergen miqdori davolash kursi davomida oshirilib boriladi. Ushbu usul bilan davolash davomida allergik kasallikning yengillashishiga yoki butunlay davolanib ketishga erishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0