https://oz.sputniknews.uz/20210309/mirziev-chavushli-boshchiligidagi-delegatsiyani-abul-ildi-17476769.html
Mirziyoyev Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Mirziyoyev Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 9 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchil delegatsiyani qabul
2021-03-09T19:15+0500
2021-03-09T19:15+0500
2021-03-09T19:25+0500
siyosat
mevlut chavusho‘g‘li
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/442/73/4427385_0:0:1500:844_1920x0_80_0_0_95af6b9578ca66b5eb4ab9dcb3e4aab3.jpg
TOShKENT, 9 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchil delegatsiyani qabul qildi.Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.Davlat rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li samimiy qabul uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.Suhbat chog‘ida o‘tgan yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni mamlakatda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi.Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.Xalqaro siyosat va mintaqaviy sheriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
https://oz.sputniknews.uz/20200206/Kamilov-va-Chavusholu-khalaro-va-mintaaviy-muammolarni-muokama-ildi-13402523.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/442/73/4427385_188:0:1313:844_1920x0_80_0_0_94b9c075991e9a6200b1949bd9ab932c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, mevlut chavusho‘g‘li
siyosat, mevlut chavusho‘g‘li
Mirziyoyev Chavusho‘g‘li boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
19:15 09.03.2021 (yangilandi: 19:25 09.03.2021) Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 9 mar – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-mart kuni Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li boshchil delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari oliy darajadagi muntazam muloqotlar mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari va strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va uni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li samimiy qabul uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirdi hamda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi.
Suhbat chog‘ida o‘tgan yil fevral oyida Anqara shahrida o‘tgan Strategik hamkorlik kengashining davlat rahbarlari darajasidagi birinchi yig‘ilishida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish hamda navbatdagi sammitni mamlakatda o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Savdo-iqtisodiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Faol hududlararo muloqotni rivojlantirish, qo‘shma ta’lim va madaniy-gumanitar dasturlarni ilgari surishdan ikkala mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy sheriklik, jumladan, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti va Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.