https://oz.sputniknews.uz/20210308/COVID-19-ga-arshi-vaktsina-khavfsizmi-Atabekov-zhavobi-16152049.html
Vaktsina xavfsizmi, u oʻzi nimaga kerak? – Atabekov javobi
Vaktsina xavfsizmi, u oʻzi nimaga kerak? – Atabekov javobi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov vaktsinatsiya haqida savollarga javob berdi. 08.03.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-03-08T15:07+0500
2021-03-08T15:07+0500
2021-04-01T16:46+0500
covid-19 umumjahon pandemiyasi
jamiyat
oʻzbekiston
vaktsina
sputnik v vaktsinasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/14/16049846_0:0:3175:1787_1920x0_80_0_0_25a5a2125d876d96b0445ffb2ea56c36.jpg
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. SSV matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekovdan javob oldi.— Olimlarning taʼkidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayon zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud boʻlishi kerak, — deydi Atabekov. — Buning qanchalik tez sodir boʻlishi koʻpgina omillarga bogʻliq. Xususan, vaktsinalarning samaradorligi qanchalik tez isbotlanishi, JSST tomonidan tasdiqlanishi, ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishi hamda emlanuvchi aholi qatlamining shakllantirilishi kabilarga ham bogʻliq.— “COVID-19” ga qarshi vaktsinatsiya oʻzi nima uchun kerak?— Koronavirusga qarshi emlash pandemiyani jilovlashga yordam beradi. Vaktsinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, cizga yuqishi mumkin boʻlgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz emlash orqali nafaqat oʻzimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.“COVID-19”ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizcha, aholining 60-70 foizida ushbu kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurasha olmaymiz. Shu oʻrinda dunyo boʻyicha kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganligini, ular orasida yaqinlarimiz ham boʻlishi ehtimoli mavjudligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan oʻzini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sifatida hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.— “COVID-19” ga qarshi vaktsina xavfsizmi?— Oʻzbekiston Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaktsinalardan foydalanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20210308/Koronavirus-4ta-ududda-yangi-olatlar-eng-kp-Toshkentda-16150536.html
https://oz.sputniknews.uz/20210307/Kimlarga-emlanish-tavsiya-etilmaydi--mutaxassis-izohi-16149413.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/14/16049846_329:0:3058:2047_1920x0_80_0_0_b47b5210c460074839a3b11cf9655a87.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
covid-19 umumjahon pandemiyasi, oʻzbekiston, vaktsina, sputnik v vaktsinasi
covid-19 umumjahon pandemiyasi, oʻzbekiston, vaktsina, sputnik v vaktsinasi
Vaktsina xavfsizmi, u oʻzi nimaga kerak? – Atabekov javobi
15:07 08.03.2021 (yangilandi: 16:46 01.04.2021) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekov vaktsinatsiya haqida savollarga javob berdi.
TOSHKENT, 8 mar — Sputnik. SSV matbuot xizmati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Atabekovdan javob oldi.
— Olimlarning taʼkidlashicha, kasallik yuqishining epidemik jarayon zanjirini uzish uchun aholining kamida 60-70 foizida immunitet mavjud boʻlishi kerak, — deydi Atabekov. — Buning qanchalik tez sodir boʻlishi koʻpgina omillarga bogʻliq. Xususan, vaktsinalarning samaradorligi qanchalik tez isbotlanishi, JSST tomonidan tasdiqlanishi, ishlab chiqarilishi va yetkazib berilishi hamda emlanuvchi aholi qatlamining shakllantirilishi kabilarga ham bogʻliq.
— “COVID-19” ga qarshi vaktsinatsiya oʻzi nima uchun kerak?
— Koronavirusga qarshi emlash pandemiyani jilovlashga yordam beradi. Vaktsinalar immunitet tizimingizni mustahkamlab, cizga yuqishi mumkin boʻlgan viruslarga qarshi kurashishda ishtirok etadi. Biz emlash orqali nafaqat oʻzimizni, balki atrofimizdagilarni ham himoya qilamiz.
“COVID-19”ni keltirib chiqaradigan virus juda oson yuqadi. Fikrimizcha, aholining 60-70 foizida ushbu kasallikka qarshi immunitetni shakllantirmay turib, unga qarshi samarali kurasha olmaymiz. Shu oʻrinda dunyo boʻyicha kasallanganlarning 3-5 foizi vafot etganligini, ular orasida yaqinlarimiz ham boʻlishi ehtimoli mavjudligini esimizdan chiqarmasligimiz lozim.
Niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish va jamoat joylariga borishdan oʻzini tiyish kabilar virus yuqishi yoki uni boshqalarga yuqtirish ehtimolini kamaytirishda samarali amal sifatida hisoblanishiga qaramasdan, bu choralar pandemiyani jilovlash uchun yetarli emas.
— “COVID-19” ga qarshi vaktsina xavfsizmi?
— Oʻzbekiston Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan samaradorligi tan olingan, xavfsizligi kafolatlangan va favqulodda holatlarda koronavirus kasalligiga qarshi emlash uchun ishlatishga tavsiya etilgan vaktsinalardan foydalanadi.