Koronavirus: 4ta hududda yangi holatlar – eng ko‘p Toshkentda

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishEkspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo
Ekspress-testirovanie na COVID-19 v aeroportu Vnukovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 43 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80 219 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
V Rossii pokazali perviy v mire snimok britanskogo shtamma COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
"Rospotrebnadzor" O‘zbekistonda aylanuvchi koronavirus shtammining o‘zgarishini o‘rganadi
Bir sutka davomida 43 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 80 219 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining: 2 nafari Andijon viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 37 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 78 915 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizga yetdi.
Ayni paytda 682 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda - 148 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

O‘lim holatlari

O‘zbekistonda jami 622 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 116,5 milliondan oshdi, 2,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (28,9 mln), Hindistonda (11,2 mln), Braziliyada (10,9 mln).
Yangiliklar lentasi
0