AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish sanasini ma’lum qildi

CC BY 2.0 / The U.S. Army / Amerikanskie voyennie v Afganistane
Amerikanskie voyennie v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2021
Obuna bo‘lish
AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini shu yil 1-mayga qadar to‘liq olib chiqib ketish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini 1-mayga qadar to‘liq olib chiqib ketish masalasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar qildi Tolo News telekanali AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning prezident Ashraf G‘aniga yozgan maktubiga asoslanib.
"Vashingtonda siyosiy jarayon davom etayotganligi sababli, AQSh biron bir variantni rad etmaydi. Biz 1-mayga qadar qo‘shinlarimizni to‘liq olib chiqib ketish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz", - deyilgan hujjatda.
Maktubda yozilishicha, AQSh Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston tashqi ishlar vazirlari va vakillarini Afg‘onistonda tinchlikni saqlashga qaratilgan yagona yondashuvni muhokama qilish uchun yig‘ilish o‘tkazish yuzasidan BMTga murojaat qilmoqchi.
Bundan tashqari, Vashington "Turkiya hukumatidan tinchlik bitimini yakunlash uchun yaqin haftalarda ikki tomonning yuqori darajadagi uchrashuvini tashkil qilishni" rejalashtirmoqda.
Pogranichniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2021
Afg‘oniston armiyasi shimolda oxirgi istehkomni tark etdi: MO mintaqasini nima kutmoqda
Avvalroq Pentagon AQSh prezidenti Jo Baydenning administatsiyasi Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish rejasini qo‘llab-quvvatlashini aytgandi. Vashington “Tolibon” harakati (Rossiyada taqiqlangan) amaldagi kelishuv shartlarini bajargan taqdirda, may oyigacha mamlakatni tark etishga tayyor. Jangarilar bitim shartlarini bajarganligini ta’kidlamoqda.
2020 yilda Qatarda AQSh va “Tolibon” Afg‘onistondan olib chiqib ketish, mahbuslar almashinuvi keyin afg‘onistonlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadigan birinchi tinchlik bitimini imzoladilar.
Yangiliklar lentasi
0