Putin o‘zining yana bir saroyi haqida hazil qildi

Obuna bo‘lish
Putinning "Biz birgamiz" umumrossiya o‘zaro ko‘mak aksiyasi ishtirokchilari bilan uchrashuvida juda kulgili holat yuz berdi
Ushbu aksiya ishtirokchilaridan biri RF prezidenti Vladimir Putinga Strelnadan 2 kilometr masofada joylashgan yangi reabilitatsiya markazi ochilishida ishtirok etishni taklif etdi.
Videooperator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2021
“Putin qasri” ko‘rinishi qanday? – reportaj
 
Davlat rahbari volontor qiz kichikroq ikki qavatli uy fonida turganini ko‘rib, inshootning "saroy" bilan o‘xshashligini qayd etdi.
"Xuddi yana bir qasrdek ko‘rinyapti, shunday ekan, kelaman. Faqat uni mening nomim bilan bog‘lamang, kelishdikmi?", - deya hazillashdi Putin.
Putin shu tariqa yanvar oyida Aleksey Navalniy tomonidan ommaga e’lon qilingan "video-fosh qilish"ga shama qilgan edi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchashimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi o‘z surishtiruvida Gelenjik yaqinida saroy borligini va uning egasi Putin ekanligi haqida gapirgan.
Ko‘chmas mulk 100 milliard dollarga baholangan. Ushbu material ijtimoiy tarmoqlarda misli ko‘rilmagan shov-shuvga va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Kreml o‘zining rasmiy bayonotida prezident bunday ko‘chmas mulkka ega emasligini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0