“Putin qasri” ko‘rinishi qanday? – reportaj

© Sputnik / Natalya SeliverstovaVideooperator
Videooperator - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Katta shov-shuvga sabab bo‘lgan “Putin qasri” ko‘rinishi qanday – Mash Telegram-kanal jurnalistlari bu haqda reportaj tayyorladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Mash Telegram-kanal jurnalistlari Aleksey Navalniy e’lon qilgan filmda aytilgan Gelendjikdagi "qasr"ga kelib, reportaj tayyorladi.
"Qasr oldiga kelganlarni darvozasiz parad kirish joyi kutib oladi - bu yerda shunchaki ular yo‘q. Darvoza ustida hech qanday Qishki saroy tojli Podshoh burgut nusxasi yo‘q. Joyni juda oddiy tasvirlash mumkin - bu bitta katta beton. Hamma narsa qurilishning nol bosqichida", - deyilgan materialda.
Jurnalistlarga 6-yildan beri qasr qurilishini kuzatib borgan texnik nazorat vakili hamrohlik qildi. Muxbirlar 16 ta bir xil xonani ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi: ularni bir ibora bilan - yaxlit bir beton, deb tasvirlasa bo‘ladi. "Surishtiruv"da aytilgan "chilimxona" o‘rnida "quruvchilar xonasi": ishchilar u yerda kaskalar, maxsus kiyim va poyabzallarni saqlashmoqda.
"Loy xonasi" - qurilishning dastlabki bosqichida, uni bitta so‘z - beton deb ta’riflash mumkin, internetda memlarga aylangan "akvadiskoteka" esa amalda - ishlamaydigan favvora ekan.


Yangiliklar lentasi
0