https://oz.sputniknews.uz/20210305/Mirziev-Milliy-gvardiya-uv-markazlariga-oid-arorni-imzoladi-16141915.html
Mirziyoyev Milliy gvardiya o‘quv markazlariga oid qarorni imzoladi
Mirziyoyev Milliy gvardiya o‘quv markazlariga oid qarorni imzoladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni... 05.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-05T18:52+0500
2021-03-05T18:52+0500
2021-03-05T18:52+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1400/63/14006383_0:96:1039:682_1920x0_80_0_0_d53337248684d2fc4697ef6a3cf5f0f0.jpg
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra:- Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etildi;- Milliy gvardiyaning Farg‘ona o‘quv markazi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga, Dashtobod o‘quv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirildi.Mazkur mintaqaviy o‘quv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda ta’minlanadi:- Milliy gvardiyaning Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;- Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;- Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.Mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzolagandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210224/Milliy-gvardiya-mamlakatni-yangicha-rilaydi--asosiy-zgarishlar-16065176.html
https://oz.sputniknews.uz/20210223/Toshkentda-Milliy-gvardiya-khodimiman-deb-matangan-yigitni-urib-ldirishdi-16062708.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1400/63/14006383_0:63:1039:715_1920x0_80_0_0_2bf15ff3fc37d9c6555cbd74d06f89dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Mirziyoyev Milliy gvardiya o‘quv markazlariga oid qarorni imzoladi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
- Nukus shahrida Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi tashkil etildi;
- Milliy gvardiyaning Farg‘ona o‘quv markazi Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markaziga, Dashtobod o‘quv markazi esa Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markaziga aylantirildi.
Mazkur mintaqaviy o‘quv markazlarida harbiy xizmatchi va xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv jarayoni quyidagi hududlarga taqsimlangan holda ta’minlanadi:
- Milliy gvardiyaning Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi – Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
- Milliy gvardiyaning Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi – Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun;
- Milliy gvardiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy o‘quv markazi – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy va Buxoro viloyatlarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar uchun.
Mintaqaviy o‘quv markazlarining rahbar va pedagoglar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Milliy gvardiyaning Harbiy-texnik institutida hamda boshqa vazirlik va idoralarning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘riqlash bosh boshqarmasining faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarorni imzolagandi.