https://oz.sputniknews.uz/20210304/Vnukovo-aeroporti-Ozbekistondan-parvozlar-aprel-may-oyida-qayta-tiklanishiga-umid-qilmoda-16129007.html
Vnukovo aeroporti O‘zbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Vnukovo aeroporti O‘zbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Vnukovo aeroportining sheriklikdagi egasi Vitaliy Vansev joriy yil aprel-may oylaridanoq birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga... 04.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-04T16:01+0500
2021-03-04T16:01+0500
2021-03-04T16:01+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16128935_0:112:3071:1848_1920x0_80_0_0_0b7ee49149a12888f9c25d5e285f8c28.jpg
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiyaning Vnukovo aeroporti joriy yilning aprel-may oylaridanoq qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqda direktorlar kengashi rahbari, aeroportning sheriklikdagi egasi Vitaliy Vansev ma’lum qildi.Vansev birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid bildirdi.Vnukovo aeroporti avgust-sentabr oyiga kelib barcha xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarning to‘liq tiklanishiga umid qilmoqda.“Xalqaro reyslar ochilishi bilan yo‘lovchilar oqimi tiklanishiga umid qilyapmiz. O‘ylaymanki, har holda barcha xalqaro yo‘nalishlar ochiladi, ehtimol, avgust-sentabr oyiga kelib”, - dedi u.Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga tashrifi davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilgani xabar qilingan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yo‘llaganini ma’lum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob bo‘lishiga umid bildirilayotganini ta’kidlagan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210302/Ozbekiston-va-Rossiya-TIV-rahbarlari-muntazam-parvozlarni-tiklash-masalasini-muhokama-qildi-16113255.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/04/16128935_0:15:3071:1945_1920x0_80_0_0_b16ee6de8f5ffcfae69596216a75f445.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Vnukovo aeroporti O‘zbekistondan parvozlar aprel-may oyida qayta tiklanishiga umid qilmoqda
Vnukovo aeroportining sheriklikdagi egasi Vitaliy Vansev joriy yil aprel-may oylaridanoq birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid borligini ma’lum qildi.
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiyaning Vnukovo aeroporti joriy yilning aprel-may oylaridanoq qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqda direktorlar kengashi rahbari, aeroportning sheriklikdagi egasi Vitaliy Vansev ma’lum qildi.
Vansev birinchi navbatda O‘zbekiston va Tojikiston bilan aviaqatnov tiklanishiga umid bildirdi.
“Biz aprel-may oylaridan har holda hamkorlarimiz – MDH mamlakatlari bilan ochilishini (aviaqatnov – tahr.) kutapmiz, avvalo, O‘zbekiston va Tojikiston bilan. U yerda epidemiologik vaziyat bizga qaraganda ancha yaxshiroq. Bilganingizdek, bizda ham u barqarorlashmoqda, shuning uchun bu ikki bozor biz uchun ochilishiga umid bor”, - dedi Vitaliy Vansev. Uning so‘zlaridan RIA Novosi iqtibos keltirgan.
Vnukovo aeroporti avgust-sentabr oyiga kelib barcha xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarning to‘liq tiklanishiga umid qilmoqda.
“Xalqaro reyslar ochilishi bilan yo‘lovchilar oqimi tiklanishiga umid qilyapmiz. O‘ylaymanki, har holda barcha xalqaro yo‘nalishlar ochiladi, ehtimol, avgust-sentabr oyiga kelib”, - dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskvaga tashrifi davomida rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashib, ikki mamlakat o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qilgani
xabar qilingan edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yo‘llaganini ma’lum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob bo‘lishiga umid bildirilayotganini
ta’kidlagan edi.