O‘zbekiston va Rossiya TIV rahbarlari muntazam parvozlarni tiklash masalasini muhokama qildi

© Press-slujba MID UzbekistanaGlava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov provel peregovori s rossiyskim kollegoy Sergeyem Lavrovim.
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov provel peregovori s rossiyskim kollegoy Sergeyem Lavrovim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Abdulaziz Kamilov va Sergey Lavrov O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kirishlari bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuv chog‘ida Kamilov mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya tomonini joriy yili Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilgan maktubini topshirgan.
Lavrov i Kamilov o tom, kogda vozobnovitsya trudovaya migratsiya v RF — video - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Lavrov va Kamilov Rossiyaga mehnat migratsiyasi qachon tiklanishi haqida – video
Ta’kidlanishicha, tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilingan.
Ilgari erishilgan kelishuvlarning ijro jarayoni hamda bo‘lajak oliy va yuqori darajalardagi tadbirlar jadvali ko‘rib chiqildi.
“Tomonlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida doimiy aviaqatnovlarni tiklash masalasini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishlari bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qilish imkoniyati yuzasidan fikr almashdilar”, - deyilgan xabarda.
Vazirlar BMT, MDH, ShHT hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning turli jihatlari borasida ham so‘z yuritdi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat, inklyuziv afg‘onlararo muzokaralarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va Afg‘oniston ishtirokida transport-kommunikasiya loyihalarini amalga oshirish yo‘lidagi sa’y-harakatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hukumat Rossiya maxsus komissiyasiga muntazam parvozlarni qayta tiklashni taklif qilib, murojaat yo‘llaganini ma’lum qilgan edi. U joriy yil mart-aprel oyida biror bir ijobiy javob bo‘lishiga umid bildirilayotganini ta’kidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0