Putinning yana bir saroyi: Rossiya prezidenti o‘z ko‘chmas mulki haqida hazil qildi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu
Prezident Rossii Vladimir Putin provodit yejegodnuyu press-konferensiyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.03.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning Gelenjikdagi "qasri" haqida suratga olingan shov-shuvli film mavzusida hazil qildi
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin volontorlar bilan videoaloqa orqali muloqot davomida Gelenjikda qurilishi olib borilayotgan "saroy" mavzusida hazil qildi.
Videooperator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2021
“Putin qasri” ko‘rinishi qanday? – reportaj
Sal avval bloger Aleksey Navalniy o‘zining Youtube-kanalida surishtiruv e’lon qilgan va unda qasr davlat rahbarining shaxsiy mulki sifatida taqdim etilgan edi.
O‘z navbatida, prezident matbuot-kotibi Dmitriy Peskov "saroy" bir yoki bir necha tadbirkorlarga tegishliligini qayd etib, Kreml ularning ismini oshkor qila olmasligini aytgandi.
Xususan, volonterlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va ayni vaqtda Leningrad viloyatida, Strelnada ikki kilometr masofada bo‘lib turgan qiz bilan muloqot davomida Putin o‘z nomi bilan bog‘lanayotgan qasr haqida hazil qildi.
Davlat rahbari volontor qiz kichikroq ikki qavatli uy fonida turganini ko‘rib, inshootning "saroy" bilan o‘xshashligini qayd etdi.
Prezident RF V. Putin provel vstrechu s uchashimisya VUZov po sluchayu Dnya rossiyskogo studenchestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.01.2021
Putin Navalniyning surishtiruvi haqida: qasr menga tegishli emas
"Xuddi yana bir qasrdek ko‘rinyapti, shunday ekan, kelaman. Faqat uni mening nomim bilan bog‘lamang, kelishdikmi?", - deya hazillashdi Putin.
Sal avval Rossiya prezidenti Gelenjikda qurilayotgan saroy haqidagi filmni vaqti ziqligi tufayli ko‘rmaganini aytgan edi. Ammo yordamchilari kadrlarni unga ko‘rsatishganini qo‘shimcha qildi.
O‘z navbatida, "saroy"ni qurayotgan firma u mehmonxona sifatida qurilayotganini ma’lum qilgan.
Uning aytishicha, shu joyda "juda badavlat odamlar uchun otel" barpo etiladi, inshoot Sochidagi "Rodina" butik-oteli ko‘rinishida bo‘ladi.
Qurilish ishlari olib borilayotganiga o‘n yil bo‘lgan, obyekt bir necha marta qayta sotilgan.
Yangiliklar lentasi
0