https://oz.sputniknews.uz/20210303/zbekistonda-ShT-Sammitiga-tayrgarlik-ishlari-boshlandi-16116275.html
O‘zbekistonda ShHT Sammitiga tayyorgarlik ishlari boshlandi
O‘zbekistonda ShHT Sammitiga tayyorgarlik ishlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash kabi vazifalarni amalga oshirish uchun... 03.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-03T12:09+0500
2021-03-03T12:09+0500
2021-03-03T12:09+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/999/14/9991423_0:113:1200:788_1920x0_80_0_0_05f8f3fcf1c670ac8354648d9e5cf921.jpg
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.Hujjatda 2022-2023 yillarda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan qator anjumanlar, forumlar, festivallarni va boshqa yuqori darajagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, turistik va sport tadbirlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuksak saviyada o‘tkazish vazifalari belgilangan.Xususan, farmoyishga muvofiq, 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.Komissiyaning asosiy vazifalari etib Sammitni yuqorida saviyada o‘tkazilshga qaratilgan kompleks tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, Sammit konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqishni ta’minlash, ushbu farmoyish, undan kelib chiqadigan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va «yo‘l xaritalari”da belgilanadigan vazifalarning ijrosini qat’iy monitoring qilib borish va boshqalar belgilandi.Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi.Farmoyishga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlardan, xususan Xitoydan xalqaro yirik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega ekspert va mutaxassislarni jalb etish va Sammit doirasida taklif qilinadigan tarjimonlar ro‘yxatini tuzish hamda tadbirlarda sinxron tarjima qilish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuklatildi.Shuningdek, mazkur hujjat bilan "www.sco-summit2022.uz" veb-sayti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.Hujjatga ko‘ra, Sammitning xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash maqsadida "Sammit media markazi"ni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.Farmoyishga binoan, vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan joriy yilda har oyda bir marotaba, 2022-yilda esa har 15 kunda Komissiyaga ma’lumot berib boradi.
https://oz.sputniknews.uz/20210202/Samarand-ShT-sammitiga-anday-tayrgarlik-krmoda-15915751.html
https://oz.sputniknews.uz/20201130/zbekiston-ShT-mamlakatlari-rtasida-parvozlarni-bosichma-bosich-tiklashga-chairdi-15508591.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/999/14/9991423_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_7552bfc28d5197b10b197987fa8e2171.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda ShHT Sammitiga tayyorgarlik ishlari boshlandi
Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda
"Dunyo" AA.
Hujjatda 2022-2023 yillarda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan qator anjumanlar, forumlar, festivallarni va boshqa yuqori darajagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, turistik va sport tadbirlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish va ularni yuksak saviyada o‘tkazish vazifalari belgilangan.
Xususan, farmoyishga muvofiq, 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
Komissiyaning asosiy vazifalari etib Sammitni yuqorida saviyada o‘tkazilshga qaratilgan kompleks tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish, Sammit konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqishni ta’minlash, ushbu farmoyish, undan kelib chiqadigan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va «yo‘l xaritalari”da belgilanadigan vazifalarning ijrosini qat’iy monitoring qilib borish va boshqalar belgilandi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi.
Farmoyishga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlardan, xususan Xitoydan xalqaro yirik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega ekspert va mutaxassislarni jalb etish va Sammit doirasida taklif qilinadigan tarjimonlar ro‘yxatini tuzish hamda tadbirlarda sinxron tarjima qilish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuklatildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan "www.sco-summit2022.uz" veb-sayti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.
Hujjatga ko‘ra, Sammitning xalqaro va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash maqsadida "Sammit media markazi"ni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Farmoyishga binoan, vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan joriy yilda har oyda bir marotaba, 2022-yilda esa har 15 kunda Komissiyaga ma’lumot berib boradi.