O‘zbekiston ShHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Abdulla Aripov O‘zbekiston turizm va madaniy almashuvni rivojlantirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sharoitida turizm va madaniy almashuvni rivojlantirish uchun Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Abdulla Aripov ShHTga a’zo davlatlar hukumatlar rahbarlari kengashining onlayn shaklida o‘tgan majlisida ma’lum qildi.

“Sayyohlik sohasidagi hamkorlik rivojlanishiga yangi turtki berish uchun mamlakatlarimiz o‘rtasida aviaqatnovlarning bosqichma-bosqich tiklanishi ham muhim sanaladi. Bu amaliy, gumanitar va sayyohlik almashuvning faollashi uchun sharoit yaratadi”, - dedi Aripov.

O‘zbekiston bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonni koronavirus pandemiyasi sharoitida barcha sanitariya talablariga rioya qilgan holda amalga oshirish zarur.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov prinyal delegatsiyu pravitelstva Kazaxstana vo glave s vitse-premyerom Romanom Sklyarom - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov Qozog‘iston hukumati delegatsiyasini qabul qildi

Shuningdek, Aripov O‘zbekiston har yili ShHTda raislik qilayotgan mamlakat shaharlaridan birini tashkilotning sayyohlik va madaniy poytaxti deb e’lon qilish taklifini ilgari surishini bildirdi.

Vazir O‘zbekiston 2021-2022 yillarda turizm sohasida ShHTga a’zo davlatlar hamkorligi dasturini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini tasdiqlashni tezlashtirish tarafdori ekanini ma’lum qildi.

Aripov Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti tashkil etilganini eslatdi va u ShHTning barcha mamlakatlari uchun turizm sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi oliygoh bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0