Jirinovskiy O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga guberniya sifatida qo‘shishni taklif etdi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishPredsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy
Predsedatel LDPR Vladimir Jirinovskiy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.03.2021
Obuna bo‘lish
LDPR fraksiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy MDH mamlakatlari Rossiyaga qay tariqa qo‘shilishlari mumkinligi va bu qanday yakun topishi haqida gapirdi
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Vladimir Jirinovskiyning aytishicha, sobiq sovet ittifoqi maydonidagi siyosatchilar sekin-asta MDHdan-da kuchliroq tuzilmani yaratishlari mumkin.
Rukovoditel fraksii LDPR v Gosudarstvennoy Dume RF Vladimir Jirinovskiy vistupayet na plenarnom zasedanii Gosdumi RF. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2020
"Respublikalarga o‘rin yo‘q": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi
"Govorit Moskva" radiostansiyasi efirida u Rossiya va Belarus munosabatlari Ittifoqdosh davlatlar formatida olib borilishini aytib o‘tdi.
Xuddi shunday formatni Qirg‘iziston va Tojikistonga taklif etish mumkin, deb qo‘shimcha qildi siyosatchi.
"Sobiq sovet ittifoqining 14ta respublikalari uchun barcha muammolarni yechish, to‘liq xavfsizlik va zo‘r iqtisodiyotni ta’minlashning eng yaxshi yo‘li - bu Rossiya tarkibiga guberniya huquqi asosida kirishdir. Dushanbe guberniyasi, Bishkek gubeniyasi, Yerevan, Riga, Jitomir, Kiyev va boshqa guberniyalar tariqasida", - dedi Jirinovskiy.
Siyosatchi radio efir davomida 20-yil oldin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko unga Belarus Rossiya tarkibiga qo‘shilishga tayyorligi haqida aytganini eslagan.
Yangiliklar lentasi
0