To‘yda qalbaki pullar bilan maqtanmoqchi bo‘lgan “shovvozlar” sud oldida javob beradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.03.2021
Obuna bo‘lish
Ikki fuqaro tanishining to‘yida o‘ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida 10 million so‘m qalbaki pul yasattirgan.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Toshkent shahrida to‘yda maqtanish uchun qalbaki pul yasaganlar hibsga olindi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Dollari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2020
Farg‘onada qalbaki “dollar” va “so‘m” tayyorlagan shaxslar aniqlandi
Ma’lum qilinishicha, 27 yoshli Azizbek J. va Olimjon X.lar tanishlari Talantjon T.ning nikoh to‘yida o‘ynayotgan mehmonlarning ustidan pul sochish maqsadida qalbaki pul yasattirgan. Ularning sinfdoshi Aziz T. kompyuter yordamida 100 ming so‘mlik kupurani 10 million so‘m qilib yasab bergan. Bundan xabar topgan kuyov qalbaki 2 300 000 so‘mni olib, Qo‘yliq bozoriga borgan. U yerda qalbaki pullarni sarflab yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Sud texnika-kriminalistika ekspertizasining xulosasida, 14 dona 100 ming so‘mlik “AE 2489763” raqamli pul kupuralari poligrafik usulda tayyorlanganligi ko‘rsatilgan.
Mazkur holat yuzasidan yuqoridagi to‘rt nafar shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasini tasdiqlash uchun Bektemir tumani prokuraturasiga yuborilgan.
Yangiliklar lentasi
0