TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Farg‘onada o‘z xonadonida qalbaki pul ishlab chiqarayotgan shaxsning faoliyatiga chek qo‘yildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.D.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda u qalbaki pul tayyorlash bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlanib, 100 kupuradagi AQSh dollarlari, 10 ming va 50 ming so‘mlik kupuradagi qalbaki pullar, 137 dona turli kupuralar chop etilgan A-4 formatdagi qirqilmagan qog‘ozlar, “Epson” rusumli rangli printer hamda “Lenovo” rusumli noutbuk ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan M.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.