https://oz.sputniknews.uz/20210302/Mirziev-khorizhlik-maslaatchisi-bilan-itisodiy-islootlar-istibolini-muokama-ildi-16111701.html
Mirziyoyev xorijlik maslahatchisi bilan iqtisodiy islohotlar istiqbolini muhokama qildi
Mirziyoyev xorijlik maslahatchisi bilan iqtisodiy islohotlar istiqbolini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Suma Chakrabarti O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash borasidagi taklif va tavsiyalarini... 02.03.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-03-02T16:19+0500
2021-03-02T16:19+0500
2021-03-02T16:19+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
suma chakrabarti
islohotlar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/02/16111522_0:45:1300:780_1920x0_80_0_0_d406de97fa217b86689e51fb347f9439.jpg
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqildi.Mirziyoyev “yo‘l xaritasi” va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20201019/Shavkat-Mirziev-va-Suma-Chakrabarti-uzo-muddatli-islootlarni-krib-chidi-15214601.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/02/16111522_0:4:1300:821_1920x0_80_0_0_4a226fc5ad51e579d49b01a9042ac475.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, suma chakrabarti, islohotlar, iqtisod
siyosat, shavkat mirziyoyev, suma chakrabarti, islohotlar, iqtisod
Mirziyoyev xorijlik maslahatchisi bilan iqtisodiy islohotlar istiqbolini muhokama qildi
Suma Chakrabarti O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash borasidagi taklif va tavsiyalarini bildirdi.
TOShKENT, 2 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Uchrashuvda maslahatchi Chakrabartining O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan strategiyasini tayyorlash, davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, mamlakatning xorijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarini kengaytirish borasidagi taklif va tavsiyalari ko‘rib chiqildi.
Mirziyoyev “yo‘l xaritasi” va ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha boshqa muhim konseptual hujjatlarni birgalikda puxta tayyorlashni davom ettirish va keyinchalik ularni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, davlat ulushi mavjud korxonalarni transformatsiya qilish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlangan edi.