Shavkat Mirziyoyev va Suma Chakrabarti uzoq muddatli islohotlarni ko‘rib chiqdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev s uchastiyem sovetnika Sumi Chakrabarti rassmotrel strategicheskie napravleniya prodoljeniya programmi reform na dolgosrochnuyu perspektivu.
Shavkat Mirziyoyev s uchastiyem sovetnika Sumi Chakrabarti rassmotrel strategicheskie napravleniya prodoljeniya programmi reform na dolgosrochnuyu perspektivu. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi.

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maslahatchi Suma Chakrabarti ishtirokida mamlakatda islohotlar dasturini uzoq muddatli istiqbolda davom ettirishning strategik yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, chuqur va har tomonlama tahlil asosida, ilg‘or xalqaro amaliyot va tajribani hisobga olgan holda O‘zbekistonda yangi o‘sish nuqtalarini aniqlash va yangilanishlarni samarali davom ettirishni ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish va raqobatdoshligini oshirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va boshqaruv kadrlari sifatini tubdan oshirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) sobiq rahbari Suma Chakrabarti Mirziyoyevning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0