https://oz.sputniknews.uz/20210228/TIV-Kamilovning-Rossiyaga-tashrifi-tafsilotlarini-ochiqladi-16090307.html
TIV Kamilovning Rossiyaga tashrifi tafsilotlarini ochiqladi
TIV Kamilovning Rossiyaga tashrifi tafsilotlarini ochiqladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 1-2 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va... 28.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-28T10:37+0500
2021-02-28T10:37+0500
2021-02-28T10:40+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1297/23/12972302_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_4b776a998d5cf600a9c2fb37c43393f0.jpg
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. 2021-yilning 1-2 mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.Ta’kidlanishicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.Shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekiston TIV rahbari Rossiyaga kelishi va rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashishini ma’lum qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20210227/Kamilov-iriziston-prezidenti-bilan-uchrashdi-16088766.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1297/23/12972302_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_c76fabec8598a84e5573721214af2505.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
TIV Kamilovning Rossiyaga tashrifi tafsilotlarini ochiqladi
10:37 28.02.2021 (yangilandi: 10:40 28.02.2021) O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri 1-2 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 28 fev — Sputnik. 2021-yilning 1-2 mart kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi. Bu haqda TIV matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston – Rossiya munosabatlarining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.
Shuningdek, xalqaro hamda mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tomonlar joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy va yuqori darajadagi qo‘shma tadbirlar jadvalini ham ko‘rib chiqadilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekiston TIV rahbari Rossiyaga kelishi va rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashishini
ma’lum qilgan edi.