https://oz.sputniknews.uz/20210227/Kamilov-iriziston-prezidenti-bilan-uchrashdi-16088766.html
Kamilov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Kamilov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr... 27.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-27T13:58+0500
2021-02-27T13:58+0500
2021-02-27T14:00+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/765/85/7658588_0:11:3072:1748_1920x0_80_0_0_13fb26f02d9ee77e1f3be010c14bc0cf.jpg
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Bugun, 27-fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.Vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga yo‘llagan maktubini topshirdi.Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo‘l ochadigan transport yo‘laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, o‘z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20210121/Kamilov-Osi-davlatlarini-koronavirus-pandemiyasidan-sng-turizmni-rabatlantirishga-chairdi-15839962.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/765/85/7658588_0:0:3072:1930_1920x0_80_0_0_6ee8c73855d3a5fb7f32d239caaadb30.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
Kamilov Qirg‘iziston prezidenti bilan uchrashdi
13:58 27.02.2021 (yangilandi: 14:00 27.02.2021) Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.
TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Bugun, 27-fevral kuni Bishkek shahriga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Vazir O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovga yo‘llagan maktubini topshirdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning rivoji haqida fikr almashdilar.
Markaziy Osiyoda so‘nggi yillarda shakllangan xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qo‘shnichilik muhitini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Qayd etilganidek, bugun dengiz portlariga va yangi tashqi bozorlarga eng qisqa yo‘l ochadigan transport yo‘laklari tizimini shakllantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqdaki, bu, o‘z navbatida, mintaqalararo savdo-sotiqning jadallashuvi, tranzit yuk tashuvlarini orttirish, xom-ashyo, asbob-uskunalar va tayyor mahsulotlarni tashish narxining pasayishiga xizmat qiladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.