KOICA O‘zbekistonda davlat xizmatchilari uchun kadrlar tayyorlaydi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishTalaba
Talaba - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreyaning KOICA agentligi O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida xodimlarni boshqarish siyosati va davlat xizmatchilarini tayyorlash tizimi bo‘yicha konsultatsiyalar beradi

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) 2017-2019 yillar uchun yangi "O‘zbekiston Respublikasi davlat sektoriga innovatsiyalarni joriy qilish uchun Davlat boshqaruvi akademiyasi salohiyatini yaxshilash" loyihasini tayyorladi.

KOICA 27-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi bilan uni amalga oshirish uchun muhokamalar protokolini imzoladi. Agentlik press-reliziga ko‘ra, loyiha qiymati 3 million dollarni tashkil etadi, deb xabar bermoqda UZ24.uz.

Loyiha doirasida O‘zbekistonda xodimlarni boshqarish siyosati va davlat xizmatchilarini tayyorlash tizimi bo‘yicha konsultatsiyalar berish, Davlat boshqaruvi akademiyasining ta’lim salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, davlat xizmatchilari, jumladan, Akademiya talabalari, professor-o‘qituvchilari, o‘qituvchilari va xodimlari salohiyatini mustahkamlash rejalashtirilmoqda.

Janubiy Koreyadagi universitet - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda Koreyaning kasb-hunarga o‘qitish markazi ochildi

KOICA va Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘zbekistondagi davlat xizmatchilari uchun kadrlarni tayyorlash tizimining bosh rejasini ishlab chiqishi, shuningdek, "Inson resurslarining rivojlanishi" mavzuyida Koreya-O‘zbekiston jamoatchilik anjumanini o‘tkazishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, yangi o‘quv dasturlari va o‘qitish uslublari, o‘qituvchilar va xodimlar uchun seminarlar ishlab chiqiladi. Shuningdek, Davlat boshqaruvi akademiyasi talabalari, o‘qituvchilari va xodimlari Janubiy Koreyada ixtisoslashtirilgan ta’lim kurslarida o‘qiydi.

Yangiliklar lentasi
0