Butina amerika turmalaridagi qiynoqlar haqida gapirdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishOdinochniy piket v zashitu svobodi slova v Moskve
Odinochniy piket v zashitu svobodi slova v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2021
Obuna bo‘lish
Butinaning aytishicha, uni karserga o‘tkazib, u yerda to‘rt oy davomida ushlab turishgan, garchi xalqaro standartlar bo‘yicha karserda 15 kundan ortiq ushlash mumkin bo‘lmagan.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. Amerika qamoqxonasidan ozod qilingan rossiyalik, jamoatchilik palatasi a’zosi Mariya Butina "NTV" uchun suratga olingan filmda amerika turmasida boshidan kechirganlari haqida so‘zladi.
Nima uchun Mariya Butina TIV Qabullar uyi yonida yakka o‘zi piketga chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2021
Nima uchun Mariya Butina TIV Qabullar uyi yonida yakka o‘zi piketga chiqdi
"Ro‘y bergan voqealarni xolokostga qiyoslash mumkin, axir bu millatingiz tufayli ta’qib edi-da. Hozir esa rossiyalik vatandoshlarimizni ham xuddi shunday millati va fuqaroligi uchun ta’qib qilishmoqda", - dedi u.
Butinaning aytishicha, uni karserga o‘tkazib, u yerda to‘rt oy davomida ushlab turishgan, garchi xalqaro standartlar bo‘yicha karserda 15 kundan ortiq ushlash mumkin bo‘lmagan.
"Tunda har 15 daqiqada svetni yoqishib: "Are you okay?" (Yaxshimisan?) deb so‘rashadi. To ularga javob bermaguningga qadar seni uyg‘otaverishadi", - dedi Butina.
Bundan tashqari, Butinani allaqanday preparatlar qabul qilishga majbur etmoqchi bo‘lishgan.
"Ular odamni urmaydi, shunchaki ruhan qiynashadi, psixotrop preparatlar ichishga majbur etishadi, chunki ular ta’sirida tergov qilish osonroq", - deydi Mariya.
Mariya Butina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.10.2019
Mariya Butina: amerika qamog‘i - bu do‘zax
Butinaning aytishicha, kuniga besh mahaldan nazoratchilar uning kamerasiga kelib, kontrabanda borligi gumoni ostida uni yalang‘och qilib yechintirishgan.
Rossiyalikning so‘zlariga ko‘ra, kamerada deyarli hech qachon svet o‘chirilmagan. Boz ustiga, nazoratchilar hamisha baland chiyildoq ovoz chiqishini ta’minlab berganlar.
"Ya’ni ular hamisha shu chiyildoq ovoz bilan ham mo‘rtlashib qolgan ruhiyatingizga ta’sir o‘tkazishadi. Irodangizni tamomila sindirishadi", - deb xotima qildi Butina.
Butina 2018-yilning iyulida qo‘lga olingan va "noqonuniy chet el agenti bo‘lish maqsadida til biriktiruv" ayblovi bilan 18 oyga qamalgan. 2019-yilning oktabrida Butina ozodlikka chiqarilgan va Rossiyaga deport qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0