Murodov afg‘on urushida bedarak ketgan yana olti askar qabrlari topilganini ma’lum qildi

Obuna bo‘lish
VETERAN birlashmasi raisi Tal’at Murodov Afg‘onistonda jang qilgan veteranlar koronavirus pandemiyasi vaqtida qanday qo‘llab-quvvatlangani, Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida urush vaqtida bedarak yo‘qolgan jangchilarni qidirish ishlari qanday kechayotgani haqida gapirdi
Tal’at Murodovning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi vaqtida VETERAN birlashmasi o‘z xodimlarini qo‘llab-quvvatlash uchun bir qancha choralar ko‘rgan.
Veteranov-afgansev iz Tashkenta nagradili ordenami obshestvennogo priznaniya Voinu internatsionalistu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2021
Toshkentda afg‘on urushi veteranlari ordenlar bilan taqdirlandi
"Birgalikda biz kuchmiz!" jamg‘armasi bilan birgalikda birlashma pandemiya davomida O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi afg‘on jangchilariga yordam berib kelgan.
"O‘tgan yilning may oyida respublikamizda ro‘y bergan fojia - Sardoba suv omborida yuz bergan o‘pirilish vaqtida bizning 18 nafar xodimimiz ham jabr chekkan. Birlashmamiz tomonidan ularga yangi buyumlar: poyabzal, issiq kiyim-kechak, yopinchiqlar yetkazib berildi, sababi, ular boshpanasiz qolishgan edi", — deb hikoya qildi Tal’at Murodov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida.
Afg‘onistondagi urushda O‘zbekistondan 65 000 nafar veteranlar ishtirok etgan, ulardan 2000 nafari nogiron bo‘lib qaytishgan, keyinchalik nogironlar soni 5000 nafarga yetgan, 1 565 ming o‘zbek o‘g‘lonlari bu urushda halok bo‘lishgan, 33 nafari bedarak ketgan. Mustaqillik yillarida bedarak ketgan hisoblangan askarlarning to‘rt nafari tirik topilgan va vatanga qaytarilgan. Ammo 29 nafar askar topilgan emas, ularni ota-onalari, yaqinlari haligacha kutishadi. O‘tgan yilning yoz faslida O‘zbekiston hukumati afg‘on urushida bedarak ketgan askarlarni qidirish ishlarini moliyalashtirish haqida qaror qabul qilgan.
V Tashkente vruchili nagradi veteranam afganskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2017
Afg‘on urushi qahramonlariga unutilgan medallar topshirildi
Murodovning aytishicha, joriy yil fevral oyining boshida baynalminal jangchilar qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya Afg‘onistonga uchgan. Afg‘onistonda tashkil etilgan uchrashuvlar natijasida delegatsiya a’zolariga to‘rtta qabr ko‘rsatilgan. Shuningdek, tatar diasporasi tomonidan yana ikkita qabr aniqlangani ma’lum qilingan.
"Bedarak yo‘qolgan askarlarni qidirish ishlari olib borilyapti va so‘nggi askarni topgunga qadar davom ettiriladi", - dedi Murodov.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahrida afg‘on urushi veteranlari "Baynalminal-jangchi" ordenlari bilan taqdirlandilar.
Yangiliklar lentasi
0