Afg‘on urushi qahramonlariga unutilgan medallar topshirildi

© SputnikV Tashkente vruchili nagradi veteranam afganskoy voyni
V Tashkente vruchili nagradi veteranam afganskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin buyrug‘iga ko‘ra, xizmat vaqtida topshirilmay qolgan ordenlar nihoyat o‘z egasini topdi.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik. Kecha 2-dekabr kuni Tashkentda afg‘on urushi veteranlariga uchta mukofot topshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Mukofotlarni O‘zbekistondagi Rossiya elchixonasi harbiy attashesi polkovnik Sergey Chernishev topshirdi.

Xususan, Afg‘on urushi ishtirokchisi veteran Jo‘ra Normurodovga — “Jangovor xizmatlari uchun” medali,  Gafur Xudaykulovga esa — "Jasorat" medali topshirildi.

Ushbu mukofotlar aslida 1989-yilda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan berilgan, lekin usha davrdagi alg‘ov-dalg‘ovlar tufayli o‘z egalariga qadar yetib bormagan.

© SputnikAfg‘on urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi
V Tashkente vruchili nagradi veteranam afganskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi

Mukofotlar Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan qaytadan tasdiqlangan. Oxirgi yillarda arxivlarni o‘rganish natijasida ko‘plab mukofotlar o‘z egasini topmoqda. Qidiruv ishlari barcha mavjud bo‘lgan manbaalarda to‘xtovsiz olib borilmoqda.

Taqdirlash marosimida yana bir mukofot – “Do‘stlik ordeni”, O‘zbekiston Baynalminalchi jangchilar ittifoqi raisi Talat Muradovga, Rossiya va O‘zbekiston  orasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, taqdirlash marosimi 2-dekabr — Xalqaro nogironlar kunida bo‘lib o‘tdi.

© SputnikAfg‘on urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi
V Tashkente vruchili nagradi veteranam afganskoy voyni - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘on urushi qahramonlarini taqdirlash marosimi

 

Yangiliklar lentasi
0