https://oz.sputniknews.uz/20210121/Zho-Bayden-asamdddan-sng-ator-zgarishlarni-amalga-oshirdi-15831451.html
Jo Bayden qasamodddan so‘ng qator muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi
Jo Bayden qasamodddan so‘ng qator muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
Eslatib o‘tamiz, 78 yoshda bo‘lgan demokrat Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ldi. U noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan g‘alaba... 21.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-21T09:46+0500
2021-01-21T09:46+0500
2021-01-21T09:53+0500
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/14/15830620_0:0:3071:1737_1920x0_80_0_0_5301b9e2d901ccd39ad5288baa9d2f0b.jpg
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Jo Bayden qasamod qildi va AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi."Men, Jo Bayden, Qo‘shma Shtatlar prezidenti vazifalarini vijdonan bajarishga va Qo‘shma Shtatlar Konstitutsiyasini kuchim boricha qo‘llab-quvvatlashga, muhofaza qilishga va himoyalashga tantanali ravishda qasamod qilaman", - deb aytdi Bayden chap qo‘lini Injilga qo‘ygan holda.Inauguratsiyasida qatnashgan qator oliy martabali mehmonlar, jumladan, saylangan vitse-prezident Kamala Xarris ham binafsha rangdagi liboslarni kiyganlar.Eslatib o‘tamiz, 78 yoshda bo‘lgan demokrat Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ldi. U noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozondi. Tramp Bayden inauguratsiyasida ishtirok etishdan voz kechdi.Shu vaqtgacha Bayden qator o‘zgarishlarni amalga oshirishga ulgurdi.Xususan, payshanba kuni u Yaqin Sharq mamlakatlari vakillarining AQShga kirishiga taqiq qo‘ygan, "Musulmonlarga taqiq" deb nom olgan qarorni bekor qildi.2017 yilda Donald Tramp prezident sifatida Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Iroq fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlagan edi.Ammo Trampning ushbu qarori mahalliy darajadagi qator sud instansiyalari tomonidan noqonuniy deb topilgach, hujjat tahrir qilingan, ro‘yxatdan Iroq va Sudan olib tashlangan, ammo Chad va KXDR fuqarolari, shuningdek, Venesuela amaldorlari kiritilgan edi.Shuningdek, AQShning yangi prezidenti Qo‘shma Shtatlarning Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga qaytishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.Vashington tashkilotdan o‘tgan yilning yozida chiqqan edi – Tramp tashkilotni islohotlardan voz kechganlikda, shuningdek, pandemiya vaqtida noto‘g‘ri harakat qilganlikda ayblagan.Bundan tashqari, Bayden AQShni iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytardi va Meksika bilan chegarada devr qurilishini to‘xtatdi. Devorning bir qismi qurilib bo‘lgan edi, Bayden qurilgan inshootni buzmoqchi emasligiga shama qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210120/ASh-Zho-Baydenning-inauguratsiyasiga-anday-ozirlik-krmoda-15825498.html
https://oz.sputniknews.uz/20201215/Nima-blsa-am-Bayden-Revansh-olishga-Trampga-nima-khalal-berdi-15604886.html
https://oz.sputniknews.uz/20200530/ASh-BSST-bilan-munosabatlarni-uzmoda-Rossiya-va-EI-bunga-arshi-chidi-14252256.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/14/15830620_0:0:3071:1931_1920x0_80_0_0_e78e75762c5af9cbfe84426d2868cf81.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat
Jo Bayden qasamodddan so‘ng qator muhim o‘zgarishlarni amalga oshirdi
09:46 21.01.2021 (yangilandi: 09:53 21.01.2021) Eslatib o‘tamiz, 78 yoshda bo‘lgan demokrat Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ldi. U noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozondi. Tramp Bayden inauguratsiyasida ishtirok etishdan voz kechdi
TOShKENT, 20 yanv - Sputnik. Jo Bayden qasamod qildi va AQSh prezidenti lavozimini bajarishga kirishdi.
"Men, Jo Bayden, Qo‘shma Shtatlar prezidenti vazifalarini vijdonan bajarishga va Qo‘shma Shtatlar Konstitutsiyasini kuchim boricha qo‘llab-quvvatlashga, muhofaza qilishga va himoyalashga tantanali ravishda qasamod qilaman", - deb aytdi Bayden chap qo‘lini Injilga qo‘ygan holda.
Inauguratsiyasida qatnashgan qator oliy martabali mehmonlar, jumladan, saylangan vitse-prezident Kamala Xarris ham binafsha rangdagi liboslarni kiyganlar.
Eslatib o‘tamiz, 78 yoshda bo‘lgan demokrat Bayden AQShning 46-prezidenti bo‘ldi. U noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozondi. Tramp Bayden inauguratsiyasida ishtirok etishdan voz kechdi.
Shu vaqtgacha Bayden qator o‘zgarishlarni amalga oshirishga ulgurdi.
Xususan, payshanba kuni u Yaqin Sharq mamlakatlari vakillarining AQShga kirishiga taqiq qo‘ygan, "Musulmonlarga taqiq" deb nom olgan qarorni bekor qildi.
2017 yilda Donald Tramp prezident sifatida Eron, Liviya, Suriya, Yaman, Somali, Sudan va Iroq fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlagan edi.
Ammo Trampning ushbu qarori mahalliy darajadagi qator sud instansiyalari tomonidan noqonuniy deb topilgach, hujjat tahrir qilingan, ro‘yxatdan Iroq va Sudan olib tashlangan, ammo Chad va KXDR fuqarolari, shuningdek, Venesuela amaldorlari kiritilgan edi.
Shuningdek, AQShning yangi prezidenti Qo‘shma Shtatlarning Butunjahon Sog‘liqni saqlash tashkilotiga qaytishi to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Vashington tashkilotdan o‘tgan yilning yozida chiqqan edi – Tramp tashkilotni islohotlardan voz kechganlikda, shuningdek, pandemiya vaqtida noto‘g‘ri harakat qilganlikda ayblagan.
Bundan tashqari, Bayden AQShni iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytardi va Meksika bilan chegarada devr qurilishini to‘xtatdi. Devorning bir qismi qurilib bo‘lgan edi, Bayden qurilgan inshootni buzmoqchi emasligiga shama qildi.