https://oz.sputniknews.uz/20210225/Abdulaziz-Kamilov-indiston-tashi-ishlar-vaziri-bilan-uchrashdi-16075323.html
Abdulaziz Kamilov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Abdulaziz Kamilov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p qirrali munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi... 25.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-25T14:22+0500
2021-02-25T14:22+0500
2021-02-25T14:22+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/373/79/3737980_0:62:2511:1482_1920x0_80_0_0_eb835ea7ebc2d37ed9e6571a6d755415.jpg
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Bugun, 25-fevral kuni, Nyu-Dehli shahrida amaliy tashrif uyushtirgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston TIV rahbari Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p qirrali munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Tomonlar 2020-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan onlayn-sammit davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga imkon berganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yangi zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratishga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda ijtimoiy va infratuzilma ahamiyatiga ega loyihalarni amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.Tashqi siyosat idoralari rahbarlari BMT, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashdi.Afg‘oniston ishtirokidagi "Hindiston – Markaziy Osiyo" vazirlar muloqotining mintaqalararo hamkorlikni jadallashtirish, uning mexanizmlarini takomillashtirish hamda Afg‘onistonda barqaror tinchlikni o‘rnatishdagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.Hindiston tomoni joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
https://oz.sputniknews.uz/20210119/zbekiston-va-indiston-aviaatnovlarni-tiklash-masalasini-muokama-ildi-15815292.html
https://oz.sputniknews.uz/20201208/indiston-elchisi-zbekistonga-ind-vaktsinalari-aida-akhborot-etkazdi-15557319.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/373/79/3737980_0:0:2511:1577_1920x0_80_0_0_a9c18d1ca7f61532278d58021beb3e6d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
Abdulaziz Kamilov Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p qirrali munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
TOShKENT, 25 fev - Sputnik. Bugun, 25-fevral kuni, Nyu-Dehli shahrida amaliy tashrif uyushtirgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston TIV rahbari Subramanyam Jayshankar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Hindiston ko‘p qirrali munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalarning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar 2020-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tgan onlayn-sammit davomida erishilgan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga imkon berganligini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yangi zamonaviy sanoat quvvatlarini yaratishga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish hamda ijtimoiy va infratuzilma ahamiyatiga ega loyihalarni amalga oshirish yo‘llari ko‘rib chiqildi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari BMT, ShHT va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashdi.
Afg‘oniston ishtirokidagi "Hindiston – Markaziy Osiyo" vazirlar muloqotining mintaqalararo hamkorlikni jadallashtirish, uning mexanizmlarini takomillashtirish hamda Afg‘onistonda barqaror tinchlikni o‘rnatishdagi muhim ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Hindiston tomoni joriy yil Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif qilindi.
Muloqot davomida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.