O‘zbekiston va Hindiston aviaqatnovlarni tiklash masalasini muhokama qildi

© Press-slujba NAKSamolet Boeing NAK "Uzbekiston xavo yullari"
Samolet Boeing NAK Uzbekiston xavo yullari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston aviaqatnovlarni tiklash masalalarini muhokama qildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot-xizmati.
Boing-767 aviakompanii Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston qator mamlakatlar bilan aviareyslarni to‘xtatib qo‘yish muddatini uzaytirdi
Muzokaralar Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv vaqtida bo‘lib o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri v.b. Ilhom Mahkamov Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabxat bilan uchrashuv o‘tkazdi.
"Muloqot davomida ikki tomonlama aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi muhokama etildi. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida transport koridorlarini aniqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’yi - harakatlarning ahamiyati muhim ekanligi ta’kidlandi", - deyiladi xabarda.
Uchrashuv davomida shu bilan birga, transport sohasidagi mavjud investitsiya loyihalari ham muhokama etilgan. Tomonlar avvalgi erishilgan kelishuvlar yuzasidan transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash zarurligini qayd etib o‘tishgan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin 20-yanvar kunidan e’tiboran "Uzbekistan Airways" kompaniyasi Toshkent – Dushanbe – Toshkent yo‘nalishida muntazam avia qatnovlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Yangiliklar lentasi
0