https://oz.sputniknews.uz/20210219/Mirziev-Namangan-shaar-okimi-va-prokuroriga-tanbe-berdi-16044614.html
Mirziyoyev Namangan shahar hokimi va prokuroriga tanbeh berdi
Mirziyoyev Namangan shahar hokimi va prokuroriga tanbeh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga tanbeh berdi. 19.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-19T18:57+0500
2021-02-19T18:57+0500
2021-02-19T18:59+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
namangan viloyati
tanqid
mahalla
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16044440_0:110:1280:833_1920x0_80_0_0_2763f50d26275c7d4ccf0e32e1661cc3.jpg
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Namangan shahrining Bunyodkor mahallasini borib ko‘rdi.Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid. Ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining o‘zi ham harob, bino orqasida chiqindilar yotibdi.Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatchisi bilan muloqotda bo‘ldi. - Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Mo‘min-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa bo‘ladimi? Chiqindini tozalatib qo‘ysa bo‘ladimi? Devorni oqlasa bo‘ladimi? Shunga ko‘p narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha e’tibor qaratapmiz, katta vakolatlar berapmiz. Bu holatda qanday islohotchi bo‘lasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar, - deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga ham tanbeh berdi.Shu yerga to‘plangan aholi bilan ham muloqot bo‘ldi. Nuroniylardan biri mahallada ichimlik suvi, tabiiy gaz, ishlab chiqarish korxonasi yo‘qligini, yo‘llar ta’mirga muhtojligini aytdi.“Men shuning uchun kelganman,” - dedi prezident.Mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210219/Namangan-viloyatiga-okim-tasdilandi-16037673.html
o‘zbekiston
namangan viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/13/16044440_0:46:1280:851_1920x0_80_0_0_86fba2b6d6e75284bb9fb39318a500da.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, namangan viloyati, tanqid, mahalla
jamiyat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, namangan viloyati, tanqid, mahalla
Mirziyoyev Namangan shahar hokimi va prokuroriga tanbeh berdi
18:57 19.02.2021 (yangilandi: 18:59 19.02.2021) Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga tanbeh berdi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-fevral kuni Namangan shahrining Bunyodkor mahallasini borib ko‘rdi.
Bu yerdagi ahvol mahalla nomiga zid. Ichimlik suvi yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan. Mahalla idorasining o‘zi ham harob, bino orqasida chiqindilar yotibdi.
Davlat rahbari mahalla raisi va maslahatchisi bilan muloqotda bo‘ldi.
- Sizlar odamlarni uyushtirishingiz, boshqalarga o‘rnak bo‘lishingiz kerak. Shu mahallaning egasi-ku sizlar! Mo‘min-musulmon-ku sizlar! Daraxt eksa bo‘ladimi? Chiqindini tozalatib qo‘ysa bo‘ladimi? Devorni oqlasa bo‘ladimi? Shunga ko‘p narsa kerakmi? Biz mahallaga shuncha e’tibor qaratapmiz, katta vakolatlar berapmiz. Bu holatda qanday islohotchi bo‘lasizlar, odamlarni qanday ergashtirasizlar, - deya savollar qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Namangan shahar hokimi va ushbu mahallaga mas’ul sektor rahbari bo‘lgan shahar prokuroriga ham tanbeh berdi.
- Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar. Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz, - dedi davlat rahbari.
Shu yerga to‘plangan aholi bilan ham muloqot bo‘ldi. Nuroniylardan biri mahallada ichimlik suvi, tabiiy gaz, ishlab chiqarish korxonasi yo‘qligini, yo‘llar ta’mirga muhtojligini aytdi.
“Men shuning uchun kelganman,” - dedi prezident.
Mutasaddilarga zarur muhandislik tarmoqlarini tortib, mahalladagi sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatma berildi.