https://oz.sputniknews.uz/20210224/Khrushev-Kennedini-AQSh-razvedkasi-16068623.html
Xrushchev Kennedini o‘ldirishga buyruq bergan - AQSh razvedkasi sobiq rahbari
Xrushchev Kennedini o‘ldirishga buyruq bergan - AQSh razvedkasi sobiq rahbari
Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi sobiq rahbari Kennedining o‘ldirilishida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchevni aybladi. 24.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-24T22:12+0500
2021-02-24T22:12+0500
2021-04-01T15:50+0500
dunyoda
razvedka xizmati
sssr
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/18/16069752_0:316:2968:1994_1920x0_80_0_0_d248d10d15f828dde7aa8ab93bf538aa.jpg
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jeyms Vulsi AQSh 35-prezidenti Jon Kennedining qotilligida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchevni aybladi.Bu haqda New York Post gazetasi Volsi va Kommunistik Ruminiya tashqi razvedka general-leytenanti Ion Pachepaning "Ajdaho operatsiyasi: Kremlning Amerikaga qarshi maxfiy urushi" qo‘shma kitobiga asoslanib yozmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.Mualliflarning fikriga ko‘ra, Kennedini o‘ldirgan Li Xarvi Osvald KGB xodimi bo‘lgan. SSSR uni 1957-yilda Yaponiyada AQSh dengiz flotida xizmat qilayotganda “verbovka” qilgan. Bir qator maxfiy topshiriqlarni bajargandan so‘ng, Xrushchev unga AQSh prezidentini o‘ldirishga "shaxsan buyruq bergan".Biroq, keyinchalik Sovet hukumati Kennedini o‘ldirish "fikridan qaytdi" va Osvaldga bu haqda topshiriq berildi. Ammo u buyruqqa bo‘ysunmadi, deydi mualliflar.Shu bilan birga, kitobda ushbu da’volarning barcha dalillari Uorren komissiyasining 26 jildlik hisobotida ko‘rsatilganligi aniqlangan, ammo u shu qadar "shifrlangan" bo‘lib, u yerda nima yozilganligini hali hech kim tushunmagan.AQShning eng mashhur prezidentlaridan biri Jon Kennedi 1963-yil 22-noyabrda o‘ldirilgan. Davlat rahbarining korteji Dallas ko‘chalari bo‘ylab harakatlanganda bir necha bor o‘qqa tutilgan. Politsiya Li Harvi Osvaldni qotillikda gumon qilib hibsga oldi. Bir necha kundan keyin u politsiya bo‘limida Dallas shahrida yashovchi Jek Rubi tomonidan otib o‘ldirilgan. Rubi 1967-yilda o‘pka saratonidan vafot etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20210219/SSSR-Toshkent-tgan-asrning-70-80-yillarida-anday-blgan-video-16043351.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/18/16069752_0:182:2968:2048_1920x0_80_0_0_9c07204d7f69c527e3d0295e19356289.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, razvedka xizmati, sssr, aqsh
dunyoda, razvedka xizmati, sssr, aqsh
Xrushchev Kennedini o‘ldirishga buyruq bergan - AQSh razvedkasi sobiq rahbari
22:12 24.02.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) AQSh razvedkasi sobiq rahbari Kennedining o‘ldirilishida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchevni aybladi.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jeyms Vulsi AQSh 35-prezidenti Jon Kennedining qotilligida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchevni aybladi.
Bu haqda New York Post gazetasi Volsi va Kommunistik Ruminiya tashqi razvedka general-leytenanti Ion Pachepaning "Ajdaho operatsiyasi: Kremlning Amerikaga qarshi maxfiy urushi" qo‘shma kitobiga asoslanib yozmoqda.
RIA Novosti xabariga asosan.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, Kennedini o‘ldirgan Li Xarvi Osvald KGB xodimi bo‘lgan. SSSR uni 1957-yilda Yaponiyada AQSh dengiz flotida xizmat qilayotganda “verbovka” qilgan. Bir qator maxfiy topshiriqlarni bajargandan so‘ng, Xrushchev unga AQSh prezidentini o‘ldirishga "shaxsan buyruq bergan".
"Garchi Osvald Sovet Ittifoqida qolishni istagan bo‘lsa-da, Kennedini o‘ldirish uchun AQShga qaytishga ko‘ndirildi, Xrushchev AQSh yetakchisiga nafrat bilan qaragan. Osvald ... SSSRdan kelgan ayolga uylandi va 1962-yil iyun oyida AQShga qaytarib yuborildi,"- deyiladi kitobda.
Biroq, keyinchalik Sovet hukumati Kennedini o‘ldirish "fikridan qaytdi" va Osvaldga bu haqda topshiriq berildi. Ammo u buyruqqa bo‘ysunmadi, deydi mualliflar.
Shu bilan birga, kitobda ushbu da’volarning barcha dalillari Uorren komissiyasining 26 jildlik hisobotida ko‘rsatilganligi aniqlangan, ammo u shu qadar "shifrlangan" bo‘lib, u yerda nima yozilganligini hali hech kim tushunmagan.
AQShning eng mashhur prezidentlaridan biri Jon Kennedi 1963-yil 22-noyabrda o‘ldirilgan. Davlat rahbarining korteji Dallas ko‘chalari bo‘ylab harakatlanganda bir necha bor o‘qqa tutilgan. Politsiya Li Harvi Osvaldni qotillikda gumon qilib hibsga oldi. Bir necha kundan keyin u politsiya bo‘limida Dallas shahrida yashovchi Jek Rubi tomonidan otib o‘ldirilgan. Rubi 1967-yilda o‘pka saratonidan vafot etdi.