Ish beruvchilarning yarmidan ko‘pi to‘rt kunlik ish kuniga o‘tishga tayyor - so‘rov

© Depositphotos / WavebreakmediaMolodoy chelovek smotrit v noutbuk za rabochim stolom
Molodoy chelovek smotrit v noutbuk za rabochim stolom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2021
Obuna bo‘lish
So‘rovda ishtirok etgan biznes vakillari to‘rt kunlik ish haftasining ijobiy va salbiy tomonlarini sanab o‘tganlar.
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. Rossiyalik ish beruvchilarning yarmidan ko‘pi uzoq istiqbolda to‘rt kunlik ish kuniga o‘tishlari mumkinligini istisno etmayapti, deya aniqlik kiritmoqda "Rabota.ru" servisi.
Kogda pat minut do konsa rabochego dnya - smeshnoe video begushey gorilli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2019
Ish kuni tugashiga besh daqiqa qolganda – yugurib ketayotgan gorillaning kulguli videosi
Servis o‘z tadqiqotlarini RIA Novostiga taqdim etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, tadqiqotda Rossiyaning barcha regionlaridan bir mingta rus kompaniyalari vakillari ishtirok etgan. So‘rov joriy yilning fevral oyida o‘tkazilgan.
Servis avvalo ish beruvchilarga ular ish haftasi to‘rt kungacha qisqartirilishiga qanday qarashlari haqida savol bergan. Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya kompaniyalarining so‘rovda qatnashgan vakillarining 42 %i ushbu g‘oyani salbiy baholaganlar, 20 foizi neytral munosabatda bo‘lgan, 38 foizi esa qo‘llab-quvvatlagan.
Keyingi savolda respondentlarning olti foizi yaqin kelajakda shunday tartibdagi ish haftasiga o‘tishni rejalashtirayotganini ma’lum qilishgan, 53 foizi esa uzoq istiqbolda ish kunlarining qisqartirilishiga tayyorligini qayd etganlar.
Shu bilan birga, respondentlarning 41 foizi buni hatto uzoq istiqbolda umuman rejalashtirmayotganliklarini ma’lum qilganlar.
Parijda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2016
Minglab fransuzlar ish kuni uzaytirilishiga qarshi namoyishga chiqishdi
So‘rovda ishtirok etgan biznes vakillari to‘rt kunlik ish haftasining ijobiy va salbiy tomonlarini sanab o‘tganlar.
Xususan, respondentlarning yarmi ishchilar oila davrasida ko‘proq vaqt o‘tkaza olishlari mumkinligini qayd etishgan bo‘lsa, ish beruvchilarning uchdan bir qismi ish haftasining qisqartirilishi jamoani charchoqdan va ishdan ko‘ngil sovishidan himoyalaydi, deya fikr bildirgan.
Yana 24 foizi ishchilar ish vaqtidan samarali foydalanishni boshlashini qayd etgan bo‘lsa, 15 foizi - ishchilar o‘z malakasini oshirishlari uchun ko‘proq vaqt bo‘lishini ta’kidlagan.
Krupnie rossiyskie kompanii provodat orgnabor rabotnikov v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2021
Rossiyaga ish izlab: Samarqandda quruvchilar qanday tanlab olinmoqda
Shu bilan birga, so‘rovda ishtirok etganlarning 34 foizi qisqartirilgan ish haftasidan biron bir afzallik ko‘rmayotganini ma’lum qilgan.
Shu bilan birga, Rossiya ish beruvchilarining 56 foizi ish haftasining qisqartirilishi oylik maoshlar kamaytirilishi bilan bog‘liq bo‘lishiga ishonch bildirgan. Ish beruvchilarning qirq foizi kompaniya mehnat unumdorligi pasayishidan havotirlanmoqda, uchdan bir qismi - mehnat intizomi pasayib ketishidan. O‘n to‘qqiz foizi yuzaga kelishi mumkin burokratik murakkabliklarni qayd etib o‘tgan. Yana yetti foiz respondentlar xodimlar haftasiga to‘rt kun ishlab ko‘proq toliqishi mumkin, deya hisoblamoqda. Biznes vakillarining o‘n bir foizi to‘rt kunlik mehnat haftasida hech qanday nuqson ko‘rmayapti.
Yangiliklar lentasi
0