Minglab fransuzlar ish kuni uzaytirilishiga qarshi namoyishga chiqishdi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka o‘tishParijda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari
Parijda o‘tkazilgan norozilik namoyishlari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning Parij va boshqa yirik shaharlarida 500 mingdan ziyod fuqarolar ish kunining uzaytirilishiga qarshi norozilik namoyishlariga chiqishdi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. Fransiya IIV rahbari Bernar Kaznev xabariga ko‘ra, mehnat qonunchiligi islohotiga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari davomida Parij va Fransiyaning boshqa shaharlarida payshanba kuni 78 nafar politsiyachilar jarohatlangan, 214 kishi hibsga olingan, RIA Novosti Frans Press nashri asosida.

"Kuni kecha (payshanba kuni – tahr.) 78 politsiyachi og‘ir jarohatlandi, ularning ayrimlari Parij shahrida lat yegan", — dedi Kaznev. Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, norozilik aksiyasi davomida 214 kishi hibsga olingan, ishtirokchilarning ba’zilari yaralangan.

Payshanba kuni Fransiyaning eng yirik shaharlari – Parij, Marsel, Nant, Gavr va boshqa shaharlari yangi ommaviy tartibsizliklar ummoniga g‘arq bo‘ldi. Hukumat bergan xabarga ko‘ra, norozilik namoyishlarida 170 mingga yaqin kishi qatnashgan. Fransiya kasaba uyushmasi — CGT  ma’lumotiga ko‘ra esa, miting qatnashchilari soni 500 mingdan ortiq bo‘lgan.

So‘nggi haftada mehnat qonunchiligini qayta ko‘rib chiqishga qarshi o‘tkazilayotgan norozilik namoyishlari tobora jiddiy tus olmoqda. Fuqarolar qonunchilikka ish kunining uzayishiga yo‘l ochib beruvchi o‘zgartirishlar kiritilishiga qarshi chiqishmoqda. Namoyishchilar norozilik belgisi sifatida — do‘konlarning oynalarini sindirib, avtomobillarga o‘t qo‘ymoqda hamda politsiyachilarga hujum uyushtirishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0