TOShKENT, 5 noya – Sputnik. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali respublikaga qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro o‘z xatti-harakatlari bilan bojxonachilar e’tiborini tortadi, xabar qiladi respublika Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot markazi.
Natijada, shubha ostiga tushgan shaxs belgilangan tartibda sinchkovlik bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Shaxsning kirdikorini rentgen qisqa fursatda fosh qiladi. Uning oyoq kiyimi tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so‘mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlari yashirganligi aniqlanadi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.