https://oz.sputniknews.uz/20210223/Saraton-kasalligiga-ishora-iluvchi-beshta-kutilmagan-belgi-16059649.html
Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi
Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi
Sputnik O‘zbekiston
Shifokorlar yuzaga kelayotgan xavfli o‘simtaning beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tishdi, ta’kidlanishicha, odamlarning aksariyati ularga e’tibor berishmaydi 23.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-23T10:39+0500
2021-02-23T10:39+0500
2021-02-23T10:39+0500
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/11/16023613_0:0:2001:1125_1920x0_80_0_0_4122c552fde0b088f3480b1faacf16d2.jpg
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Onkologik kasallik belgilarini erta bosqichda aniqlash juda murakkab, deb yozadi Express nashri.Ta’kidlanishicha, saraton kasalligining ayrim eng keng tarqalgan belgilari insonni yomon his qildirmaydi, shu boisdan aksariyat vaqtlarda ular e’tibordan chetda qoladi.Shifokorlar saraton kasalligining aksariyat odamlar umuman e’tibor bermaydigan beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tdilar.Gap ovqat yutishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida bormoqda. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu belgi qizilo‘ngach saratonidan dalolat beradi.Salqib qolgan qovoqlar esa odatda o‘pkada xavfli o‘simta yuzaga kelayotganidan darak beradi. Ovoz xirildoqligi tomoq (kekirdak) saratoniga ishora qiladi.Shifokorlar qorinda muntazam dam yuzaga keladigan taqdirda tibbiy yordam uchun murojaat qilishni tavsiya etishadi, sababi, bunday belgi tuxumdonlar saratonidan darak berishi mumkin.Bundan tashqari, peshob rangi o‘zgarishiga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, tim-jigarrang peshob oshqozon osti bezi saratonidan, qizil rangdagi peshob esa - buyrak, qovuq yoki prostatada yuzaga kelayotgan onkologik kasalliklardan belgi bo‘lishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20200831/Saraton-kasalligining-95-foiz-sabablari-aytildi-14879974.html
https://oz.sputniknews.uz/20200825/Shifokor-insult-infarkt-va-saraton-khavfini-kamaytirishning-oson-ylini-aytdi-14835724.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/02/11/16023613_94:0:1855:1321_1920x0_80_0_0_c2a9b19260890bc9077a12ab278ff6c7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat
Saraton kasalligiga ishora qiluvchi beshta kutilmagan belgi
Shifokorlar yuzaga kelayotgan xavfli o‘simtaning beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tishdi, ta’kidlanishicha, odamlarning aksariyati ularga e’tibor berishmaydi
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Onkologik kasallik belgilarini erta bosqichda aniqlash juda murakkab, deb yozadi Express nashri.
Ta’kidlanishicha, saraton kasalligining ayrim eng keng tarqalgan belgilari insonni yomon his qildirmaydi, shu boisdan aksariyat vaqtlarda ular e’tibordan chetda qoladi.
Shifokorlar saraton kasalligining aksariyat odamlar umuman e’tibor bermaydigan beshta kutilmagan belgilarini sanab o‘tdilar.
Gap ovqat yutishda yuzaga keladigan qiyinchiliklar haqida bormoqda. Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, bu belgi qizilo‘ngach saratonidan dalolat beradi.
Salqib qolgan qovoqlar esa odatda o‘pkada xavfli o‘simta yuzaga kelayotganidan darak beradi. Ovoz xirildoqligi tomoq (kekirdak) saratoniga ishora qiladi.
Shifokorlar qorinda muntazam dam yuzaga keladigan taqdirda tibbiy yordam uchun murojaat qilishni tavsiya etishadi, sababi, bunday belgi tuxumdonlar saratonidan darak berishi mumkin.
Bundan tashqari, peshob rangi o‘zgarishiga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, tim-jigarrang peshob oshqozon osti bezi saratonidan, qizil rangdagi peshob esa - buyrak, qovuq yoki prostatada yuzaga kelayotgan onkologik kasalliklardan belgi bo‘lishi mumkin.