https://oz.sputniknews.uz/20210220/Shavkat-Mirziev-BMT-Inson-uulari-byicha-kengashi-yiilishida-nut-szlaydi-16051727.html
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident o‘z nutqida mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning... 20.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-20T16:46+0500
2021-02-20T16:46+0500
2021-02-20T16:46+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/17/15039448_0:137:1281:857_1920x0_80_0_0_848f0c3cb725ac2cecd8c9808c8d9964.jpg
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yig‘ilishi Jeneva shahrida videoanjuman shaklida o‘tkaziladi.Yig‘ilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, shu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar o‘rin olgan.Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan.Mirziyoyev forumning birinchi kunida, uning yalpi qismida nutq so‘zlaydi.Inson huquqlari bo‘yicha kengash faoliyati butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.Kengashga 47 ta davlat a’zo. O‘tgan yil oktabr oyida O‘zbekiston 2021-2023 yillar davriga ushbu tuzilma a’zosi etib ilk bor saylandi.
https://oz.sputniknews.uz/20210116/zbekistonda-inson-uulari-byicha-global-forum-tkaziladi-15800974.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/09/17/15039448_64:0:1207:857_1920x0_80_0_0_ff8a3b5fe2561380fbc3693c4829f9e3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, bmt
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston, bmt
Shavkat Mirziyoyev BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida nutq so‘zlaydi
Prezident o‘z nutqida mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil to‘xtalishi kutilmoqda.
TOShKENT, 20 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-fevral kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 46-sessiyasining yuqori darajadagi segmenti ishida ishtirok etadi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati
xabar qilmoqda.
Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan kengashning navbatdagi yig‘ilishi Jeneva shahrida videoanjuman shaklida o‘tkaziladi.
Yig‘ilish kun tartibidan inson huquqlariga rioya etilishi va ularni himoya qilish, shu jumladan fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash bilan bog‘liq eng dolzarb masalalar o‘rin olgan.
Tadbirda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar Mishel Bachelet, qariyb 150 mamlakatdan davlat, hukumat rahbarlari, tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Mirziyoyev forumning birinchi kunida, uning yalpi qismida nutq so‘zlaydi.
Davlat rahbari o‘z nutqida mamlakatda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil to‘xtaladi.
Inson huquqlari bo‘yicha kengash faoliyati butun dunyo bo‘ylab inson huquqlari himoyasini ta’minlashga qaratilgan BMT tizimidagi eng nufuzli hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi.
Kengashga 47 ta davlat a’zo. O‘tgan yil oktabr oyida O‘zbekiston 2021-2023 yillar davriga ushbu tuzilma a’zosi etib
ilk bor saylandi.