https://oz.sputniknews.uz/20210116/zbekistonda-inson-uulari-byicha-global-forum-tkaziladi-15800974.html
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha global forum o‘tkaziladi
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha global forum o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakatda "Inson huquqlari sohasida ta’lim" global forumi o‘tkazilishi... 16.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-16T20:31+0500
2021-01-16T20:31+0500
2021-01-16T20:31+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1004/05/10040523_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_162f9f3539304a3a57146baa2811f348.jpg
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida olimlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida Ilmiy-muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida yangragan inson huquqlari sohasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.Tadbir davomida O‘zbekistonning hozirgi bosqichidagi inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratildi."O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zoligi ilmiy jamoatchilikka inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy jarayonlarni tahlil qilish va bundan tadqiqot va ta’lim jarayonida keng foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi", - deyiladi reliz matnida.Shuningdek, respublika manfaatlarini xalqaro miqyosda ilgari surish inson huquqlarining xalqaro aspektida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qilishi ta’kidlangan.Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakatda "Inson huquqlari sohasida ta’lim" global forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, unda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning yangi muammolari va vazifalari muhokama qilinadi.Kutilishicha, tadbir g‘oya almashish va inson huquqlari sohasida ta’lim berish borasida eng yaxshi tajribaga aylanadi.Eslatib o‘tamiz, 2021-yil BMT ning ta’lim va inson huquqlari sohasida deklaratsiyasi qabul qilinganining 10-yilligi nishonlanadi. Deklaratsiya 2011-yilning dekabrida BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan. 2019-yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan hujjatda qayd etilgan nizomlarni amalga oshirish uchun "Yo‘l xaritasi" bo‘yicha milliy rejalar dasturi tasdiqlangan.
https://oz.sputniknews.uz/20201210/Yangi-zbekiston-va-Inson-uulari-15574837.html
https://oz.sputniknews.uz/20201105/Inson-uulari-imoyasi-uchun-kkrak-nishoni-trisidagi-nizom-tasdilandi-15325634.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1004/05/10040523_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_30776fddb5fa5a6feb40af3528e88aa2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda inson huquqlari bo‘yicha global forum o‘tkaziladi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakatda "Inson huquqlari sohasida ta’lim" global forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, unda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning yangi muammolari va vazifalari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida olimlar, davlat idoralari va xalqaro tashkilotlar ishtirokida Ilmiy-muvofiqlashtirish kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasida yangragan inson huquqlari sohasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Tadbir davomida O‘zbekistonning hozirgi bosqichidagi inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatiga alohida e’tibor qaratildi.
"O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo‘yicha Kengashiga a’zoligi ilmiy jamoatchilikka inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy jarayonlarni tahlil qilish va bundan tadqiqot va ta’lim jarayonida keng foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi", - deyiladi reliz matnida.
Shuningdek, respublika manfaatlarini xalqaro miqyosda ilgari surish inson huquqlarining xalqaro aspektida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni talab qilishi ta’kidlangan.
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda mamlakatda "Inson huquqlari sohasida ta’lim" global forumi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda, unda inson huquqlari madaniyatini shakllantirishning yangi muammolari va vazifalari muhokama qilinadi.
Kutilishicha, tadbir g‘oya almashish va inson huquqlari sohasida ta’lim berish borasida eng yaxshi tajribaga aylanadi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil BMT ning ta’lim va inson huquqlari sohasida deklaratsiyasi qabul qilinganining 10-yilligi nishonlanadi. Deklaratsiya 2011-yilning dekabrida BMT Bosh assambleyasi tomonidan qabul qilingan. 2019-yilda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma qarori bilan hujjatda qayd etilgan nizomlarni amalga oshirish uchun "Yo‘l xaritasi" bo‘yicha milliy rejalar dasturi tasdiqlangan.