Nima uchun Putin general unvoniga ega emas?

© Sputnik / Mikhail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident Rossii Vladimir Putin na seremonii predstavleniya ofitserov, naznachennix na visshie komandnie doljnosti
Prezident Rossii Vladimir Putin na seremonii predstavleniya ofitserov, naznachennix na visshie komandnie doljnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vladimir Putin nima uchun hali general unvoniga ega emas, degan savolga javob berdi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Vladimir Putin nima uchun hali general unvoniga ega emas, degan savolga javob berdi. RIA Novosti xabariga asosan.
Videooperator - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.01.2021
“Putin qasri” ko‘rinishi qanday? – reportaj
Uning so‘zlariga ko‘ra, davlat rahbari "shubhasiz bu unvonni ko‘p marotaba qo‘lga kiritgan" (hozir Putin polkovnik), ammo hozirda bu ustuvor vazifa emas.
"U prezident bo‘lib ishlaydi <...> U doimiy xizmatdagi zobit emas", - dedi Kreml vakili.
Uning ta’kidlashicha, Putin asosiy e’tiborni mamlakatning kundalik faoliyati bilan bog‘liq masalalarga qaratmoqda.
Jurnalistning Putin nafaqada yoki zaxirami? degan savolga Peskov aniq javob berishga qiynaldi. "Menimcha, u zaxirada", - deb javob berdi matbuot kotibi.
Peskovning o‘zi esa katta leytenant unvoniga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0