Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydi: Sidiqov Trans-afg‘on temir yo‘li haqida

© Sputnik / Igor OnuchinJeleznodorojnie puti sortirovochnoy stansii
Jeleznodorojnie puti sortirovochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.02.2021
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.
TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish loyihasi yaqin muddatlardagi tashqi siyosatimizni ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib qoladi, deb aytdi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov.
Pogranichniy Most Drujbi Xayraton-Termez - predmet nostalgii po sovetsko-afganskoy drujbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2021
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston YeOII davlatlariga Transafg‘on temir yo‘lini birgalikda qurishni taklif qildi
TIV vakilining so‘zlariga ko‘ra, birinchi galda, mintaqalar o‘rtasidagi keng iqtisodiy va savdo-sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlari faol davom ettirilmoqda.
“Ushbu yo‘nalishda asosiy vazifalarimizdan biri, bu O‘zbekistonning transport salohiyati va imkoniyatlarini kengaytirishdir. Hozirgi kunda Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog‘laydigan Trans-afg‘on transport yo‘lagini barpo etish borasida dastlabki kelishuvlarga erishilgan. Bu loyihani amalga oshirish yaqin muddatlardagi tashqi siyosatimizni ustuvor maqsadlaridan biri bo‘lib qoladi”, - dedi vazir o‘rinbosari.
Pokiston dengiz portlariga chiqish imkoniyatini beradigan “Mozori-Sharif – Kobul – Peshavor” temir yo‘lini qurish loyihasining barcha jihatlarini muhokama qilish va amalga oshirish bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, 3 davlat transport vazirligi va mutasaddi tashkilotlari vakillari ishtirokida ishchi guruhlar tashkil etildi.
Eslatib o‘tamiz, shu oy boshida o‘tgan Yevroosiyo hukumatlararo kengashining yig‘ilishida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov YeOII davlatlariga Trans-afg‘on temir yo‘li qurilishiga qo‘shilishni taklif qilgandi.
2018 yil dekabrda O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Pokiston temiryo‘l kompaniyalari rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda “Mozori Sharif-Kobul-Peshovar” temir yo‘li qurilishi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh va moliyaviy konsorsium tashkil qilish haqida kelishib olingandi. Dastlabki hisob-kitobga ko‘ra, loyiha - 5 milliard dollar. Temir yo‘li uzunligi 573 kilometrni tashkil qiladi. Yangi temir yo‘ldan yiliga 20 million tonnagacha yuk tashish mumkin bo‘ladi.
Kelajakda temir yo‘li Janubiy Sharqiy Osiyo davlatlaridan boshlanib, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Rossiya va Yevropagacha bo‘lgan global transport koridoriga aylanishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0