https://oz.sputniknews.uz/20210218/Markaziy-bank-15-ta-bankka-zharima-sanktsiyalarini-lladi-16034607.html
Markaziy bank 15 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi
Markaziy bank 15 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi
Sputnik O‘zbekiston
Ayrim tijorat banklarining bo‘linmalarida aholiga tegishli bo‘lgan bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishni rad etish holatlari aniqlangan. 18.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-18T18:42+0500
2021-02-18T18:42+0500
2021-02-18T18:42+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/89/5908907_0:503:2729:2047_1920x0_80_0_0_5700fe4c583d51e3b7e17a79583e4ea0.jpg
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bank kartalari orqali to‘lovlarni asossiz ravishda rad etish holatlari aniqlandi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.“Ayrim hollarda joylardagi ba’zi tijorat banklarining bo‘linmalarida aholiga tegishli bo‘lgan bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishni rad etish, asocsiz ravishda terminallardan foydalanmaslik hamda karta egalariga bank kartasidagi pul mablag‘larini terminal orqali naqdlashtirib bermaslik bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda. Bu esa iste’molchilarning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda hamda haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda”, - deyilgan xabarda.Qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yo‘li banki, Davrbank va Infinbank) belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga terminallardan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
https://oz.sputniknews.uz/20210121/MB-tgan-yili-eng-kp-immatlashgan-6-ta-ozi-ovat-masulotlarini-malum-ildi-15836863.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/590/89/5908907_0:331:2729:2047_1920x0_80_0_0_f6b7ca0cca7da36609fd94cdbe1ee199.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
Markaziy bank 15 ta bankka jarima sanksiyalarini qo‘lladi
Ayrim tijorat banklarining bo‘linmalarida aholiga tegishli bo‘lgan bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishni rad etish holatlari aniqlangan.
TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Bank kartalari orqali to‘lovlarni asossiz ravishda rad etish holatlari aniqlandi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot xizmati.
“Ayrim hollarda joylardagi ba’zi tijorat banklarining bo‘linmalarida aholiga tegishli bo‘lgan bank kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishni rad etish, asocsiz ravishda terminallardan foydalanmaslik hamda karta egalariga bank kartasidagi pul mablag‘larini terminal orqali naqdlashtirib bermaslik bilan bog‘liq holatlar kuzatilmoqda. Bu esa iste’molchilarning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilishiga olib kelmoqda hamda haqli e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda”, - deyilgan xabarda.
Qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tijorat banklariga nisbatan (Agrobank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank, Hamkorbank, Qishloq qurilish bank, Asaka bank, Aloqabank, Turonbank, Trastbank, Ipak yo‘li banki, Davrbank va Infinbank) belgilangan tartibda jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga terminallardan foydalanishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarning takrorlanmasligi uchun zaruriy choralar ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.