https://oz.sputniknews.uz/20210121/MB-tgan-yili-eng-kp-immatlashgan-6-ta-ozi-ovat-masulotlarini-malum-ildi-15836863.html
MB o‘tgan yili eng ko‘p qimmatlashgan 6 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi
MB o‘tgan yili eng ko‘p qimmatlashgan 6 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda, xususan, kartoshka, tuxum, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht mahsulotlari va non mahsulotlari qimmatlashgan. 21.01.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-01-21T16:23+0500
2021-01-21T16:23+0500
2021-01-21T16:23+0500
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/10/14784629_0:9:2000:1134_1920x0_80_0_0_b7ccb0f6f572ce6ba3c43d625494074b.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Markaziy bank 2020-yil eng ko‘p qimmatlashgan oltita oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, yaqin istiqbolda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi xatarlardan biri sifatida qolmoqda."Proteksionistik siyosat, eksportorlar tomonidan asosiy oziq-ovqat tovarlari eksporti bo‘yicha cheklov choralarining (kvota va tariflar) kiritilishi asosiy oziq-ovqat tovarlari importining qimmatlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, oziq-ovqat bozorlari barqarorligini oshirish ko‘p jihatdan respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kompleks strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qilingan hisobotda.Bank ekspertlarining fikriga ko‘ra, ichki bozorni zaruriy tovarlar hajmi bilan ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish, shu jumladan, bazaviy oziq-ovqat tovarlari importi geografiyasini diversifikatsiya qilish va konsentratsiyalashuvini qisqartirish muhim ahamiyatga ega.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil davomida narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqat mahsulotlar borasida ma’lumotlarni e’lon qilgan edi.
https://oz.sputniknews.uz/20201026/Gsht-immatlashishi-omillari-sanab-tildi-15259303.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/10/14784629_115:0:1892:1333_1920x0_80_0_0_c5f2b92ad89aad1adc815275fafdba54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod
MB o‘tgan yili eng ko‘p qimmatlashgan 6 ta oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilda, xususan, kartoshka, tuxum, o‘simlik yog‘i, shakar, go‘sht mahsulotlari va non mahsulotlari qimmatlashgan.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Markaziy bank 2020-yil eng ko‘p qimmatlashgan oltita oziq-ovqat mahsulotlarini ma’lum qildi.
“Xususan, kartoshka narxi – 42 foizga, tuxum – 38 foizga, o‘simlik yog‘i – 27 foizga, shakar – 21 foizga, go‘sht mahsulotlari – 18,1 foizga va non mahsulotlari – 15,2 foizga qimmatlashdi”, - deyilgan bank hisobotida.
Ta’kidlanishicha, yaqin istiqbolda oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishi xatarlardan biri sifatida qolmoqda.
"Proteksionistik siyosat, eksportorlar tomonidan asosiy oziq-ovqat tovarlari eksporti bo‘yicha cheklov choralarining (kvota va tariflar) kiritilishi asosiy oziq-ovqat tovarlari importining qimmatlashishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, oziq-ovqat bozorlari barqarorligini oshirish ko‘p jihatdan respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash kompleks strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirishga bog‘liq bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qilingan hisobotda.
Bank ekspertlarining fikriga ko‘ra, ichki bozorni zaruriy tovarlar hajmi bilan ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish, shu jumladan, bazaviy oziq-ovqat tovarlari importi geografiyasini diversifikatsiya qilish va konsentratsiyalashuvini qisqartirish muhim ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi 2020-yil davomida narxi eng ko‘p oshgan oziq-ovqat mahsulotlar borasida ma’lumotlarni
e’lon qilgan edi.