https://oz.sputniknews.uz/20210216/zbekistonda-suniy--ongdan-foydalangan-olda-insultni-erta-tashislash-loyiasi-boshlandi-16010613.html
O‘zbekistonda sun’iy ongdan foydalangan holda insultni erta tashhislash loyihasi boshlandi
O‘zbekistonda sun’iy ongdan foydalangan holda insultni erta tashhislash loyihasi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Olmaota shifoxonasida "Serebra"ni bor-yo‘g‘i 3 hafta avval qo‘llay boshlagan va u falaj holda keltirilgan yoshi ulug‘ bemor ayol hayoti sifatini saqlashga yordam berdi. 16.02.2021, Sputnik O‘zbekiston
2021-02-16T12:07+0500
2021-02-16T12:07+0500
2021-02-16T12:07+0500
yangiliklar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/0c/14755743_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_5220624865d303d080057c90c90bc220.jpg
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Qozog‘istonning "Cerebra.ai Ltd."sun’iy intellektdan foydalangan holda insultni ertaroq tashhislash bo‘yicha novatorlik ishlab chiqishni joriy etish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.Birinchi bosqichda Olmaota shahridagi 7-sonli klinik shifoxonada ushbu yangilik joriy etilgan "Serebra" platformasidan foydalanish natijalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan onlayn tur bo‘lib o‘tdi. Milliy palata taklifi bilan onlayn turda uning maslahat kengashi a’zosi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh radiologi, tibbiyot fanlari doktori Damir Zaredinov ishtirok etdi."Cerebra.ai Ltd." (Qozog‘iston) kompaniyasining ishlanmasi sun’iy intellektni joriy etish yo‘li bilan insultning dastlabki alomatlari paydo bo‘lgan birinchi soatlarda ishemik va gemorragik insultni tashhislash imkonini beradi. Shu bilan ko‘pincha birga bemorning hayot sifatini saqlab qolish imkonini beradi.Onlayn tur davomida ishtirokchilar uning qanday ishlashini ko‘rdilar, hamda amaliyotchi shifokorlar fikrini tingladilar. Sun’iy intellekt 5-7 daqiqada insult shubhasi bilan kelgan bemor kompyuter tomografiyasi (KT) suratlariga ishlov beradi. Neyron tarmoqlarni joriy etish KT suratida inson ko‘rib bo‘lmaydigan holatlarni — bosh miya qismining shikastlanishini insultning birinchi soatida ko‘rish imkonini beradi. Bunda shikastlanish sohasi va uning miqyosini aniq ko‘rsatish imoni mavjud bo‘ladi. Bu esa neyrojarrohlarga operatsiya zarurligi, hamda uni "terapevtik deraza" davrida — insult sodir bo‘lgan dastlabki 4-4,5 soatlarda bajarish haqida tez va aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. 7-sonli shifoxona tomir neyrojarrohligi bo‘linmasi mudiri Rauan Kastey ta’kidlaganidek, KT suratlariga oddiy ishlov berishda ishemik manba bir sutkadan keyin ko‘rinadi.Olmaota shifoxonasida "Serebra"ni bor-yo‘g‘i 3 hafta avval qo‘llay boshlagan va u falaj holda keltirilgan yoshi ulug‘ bemor ayol hayoti sifatini saqlashga yordam berdi. Sun’iy intellekt tufayli shifokorlar bosh miyaning shikastlangan qismini aniq ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, va mexanik tromboekstraksiyani bajarib, tezda operatsiyaga kirishdi. Bunday tez va aniq yordam natijasida hozir ayol butunlay o‘ziga kelgan, bir qator harakat funksiyalari butunlay tiklangan, reabilitatsiya yaxshi o‘zgarishda davom etapti. Bu eng qimmatbaho vaqt qo‘ldan berilmagan payt. Neyrojarrohlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan 4-4,5 «oltin” soat davomida ko‘rsatilgan yordam insultda barcha funksiyalarni qaytarish bilan birga bosh miyada qon aylanishni tiklash imkonini beradi. Shu bilan birga «Serebra” operatsiya qilish muhimligi haqida, ayniqsa bemorning holati shifokorlarni shunday xulosaga keltirganda xato xulosa chiqarmaslikka ham yordam beradi."Serebra"ni amalda qo‘llash tajribasini o‘rgana turib, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi mazkur platformani sun’iy intellektga asosan O‘zbekistonda keng yoyilishiga yordam berishni rejalashtirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20200825/Shifokor-insult-infarkt-va-saraton-khavfini-kamaytirishning-oson-ylini-aytdi-14835724.html
https://oz.sputniknews.uz/20190517/Erkaklar-va-allarda-insult-rivozhlanishi-khavfi-omillari-malum-ilindi-11528527.html
https://oz.sputniknews.uz/20180906/Nevrologiya-va-insult-ilmiy-amaliy-tibbit-markaziga-rahbar-tayinlandi-9338707.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/08/0c/14755743_204:0:2935:2048_1920x0_80_0_0_fd28d0bddacc2fbb28e2a862f79409d9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yangiliklar
O‘zbekistonda sun’iy ongdan foydalangan holda insultni erta tashhislash loyihasi boshlandi
Olmaota shifoxonasida "Serebra"ni bor-yo‘g‘i 3 hafta avval qo‘llay boshlagan va u falaj holda keltirilgan yoshi ulug‘ bemor ayol hayoti sifatini saqlashga yordam berdi.
TOShKENT, 16 fev - Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi va Qozog‘istonning "Cerebra.ai Ltd."sun’iy intellektdan foydalangan holda insultni ertaroq tashhislash bo‘yicha novatorlik ishlab chiqishni joriy etish loyihasini amalga oshirish boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Birinchi bosqichda Olmaota shahridagi 7-sonli klinik shifoxonada ushbu yangilik joriy etilgan "Serebra" platformasidan foydalanish natijalari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan onlayn tur bo‘lib o‘tdi. Milliy palata taklifi bilan onlayn turda uning maslahat kengashi a’zosi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh radiologi, tibbiyot fanlari doktori Damir Zaredinov ishtirok etdi.
"Cerebra.ai Ltd." (Qozog‘iston) kompaniyasining ishlanmasi sun’iy intellektni joriy etish yo‘li bilan insultning dastlabki alomatlari paydo bo‘lgan birinchi soatlarda ishemik va gemorragik insultni tashhislash imkonini beradi. Shu bilan ko‘pincha birga bemorning hayot sifatini saqlab qolish imkonini beradi.
Onlayn tur davomida ishtirokchilar uning qanday ishlashini ko‘rdilar, hamda amaliyotchi shifokorlar fikrini tingladilar. Sun’iy intellekt 5-7 daqiqada insult shubhasi bilan kelgan bemor kompyuter tomografiyasi (KT) suratlariga ishlov beradi. Neyron tarmoqlarni joriy etish KT suratida inson ko‘rib bo‘lmaydigan holatlarni — bosh miya qismining shikastlanishini insultning birinchi soatida ko‘rish imkonini beradi. Bunda shikastlanish sohasi va uning miqyosini aniq ko‘rsatish imoni mavjud bo‘ladi. Bu esa neyrojarrohlarga operatsiya zarurligi, hamda uni "terapevtik deraza" davrida — insult sodir bo‘lgan dastlabki 4-4,5 soatlarda bajarish haqida tez va aniq qaror qabul qilish imkonini beradi.
7-sonli shifoxona tomir neyrojarrohligi bo‘linmasi mudiri Rauan Kastey ta’kidlaganidek, KT suratlariga oddiy ishlov berishda ishemik manba bir sutkadan keyin ko‘rinadi.
Olmaota shifoxonasida "Serebra"ni bor-yo‘g‘i 3 hafta avval qo‘llay boshlagan va u falaj holda keltirilgan yoshi ulug‘ bemor ayol hayoti sifatini saqlashga yordam berdi. Sun’iy intellekt tufayli shifokorlar bosh miyaning shikastlangan qismini aniq ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi, va mexanik tromboekstraksiyani bajarib, tezda operatsiyaga kirishdi. Bunday tez va aniq yordam natijasida hozir ayol butunlay o‘ziga kelgan, bir qator harakat funksiyalari butunlay tiklangan, reabilitatsiya yaxshi o‘zgarishda davom etapti.
Bu eng qimmatbaho vaqt qo‘ldan berilmagan payt. Neyrojarrohlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan 4-4,5 «oltin” soat davomida ko‘rsatilgan yordam insultda barcha funksiyalarni qaytarish bilan birga bosh miyada qon aylanishni tiklash imkonini beradi. Shu bilan birga «Serebra” operatsiya qilish muhimligi haqida, ayniqsa bemorning holati shifokorlarni shunday xulosaga keltirganda xato xulosa chiqarmaslikka ham yordam beradi.
"Serebra"ni amalda qo‘llash tajribasini o‘rgana turib, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi mazkur platformani sun’iy intellektga asosan O‘zbekistonda keng yoyilishiga yordam berishni rejalashtirgan.